Территориальные
органы

Soliqchilar “aql gimnastikasida” bellashdi
15/04/2023 Праздники
Soliqchilar “aql gimnastikasida” bellashdi

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, shuningdek, O‘zbekiston shaxmat maktabini yaratish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4954-son qarorida vazirlik, idora va tashkilotlarda xodimlar o‘rtasida “Shaxmat kunlari”ni tashkil etish belgilangan. 


Mamlakatimizda shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda O‘zbekiston shaxmat maktabini yaratishga qaratilgan bu kabi islohotlarda soliq xizmati xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. 


2023-yil 15-aprel kuni Soliq qo‘mitasida tizim xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” shiori ostida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. 


Qizg‘in va murosasiz o‘tgan “aql gimnastikasi”da Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” DUK xodimlari Javlon Jo‘rabekov birinchi, Hurmatillo Mamasoliyev ikkinchi o‘rinni egalladi. Soliq qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i Shuhrat Ismoilov uchunchi o‘rin sohibi bo‘ldi. 


Musobaqa so‘ngida g‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. 

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение