Территориальные
органы

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi biznes imkoniyatlarini kashf etadi
27/04/2023 Встречи
Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi biznes imkoniyatlarini kashf etadi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida II Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtmoqda. 


Mazkur forumning yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 


Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida barcha ishtirokchilarni qutlab, bu forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, yangi biznes imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilishini taʼkidladi. 


Jumladan, qulay fiskal tizim yaratildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirildi. Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar 3 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilindi. Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi. 



Anjumanda 70 mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. Forum doirasida xorijlik sheriklarga Oʻzbekiston hududlarining investitsiya salohiyati va 160 dan ortiq yirik loyihalar taqdimot qilinadi. Investitsiya va savdo bitimlarini imzolash marosimlari boʻladi. 

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 28-aprel kuni yakunlanadi. 

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение