“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan Soliq qoʻmitasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda soliq organlarining barcha hududiy tuzilmalari videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Dastlab qoʻmita Raisi Sherzod Kudbiyev Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Soliq organlari oldidagi masʼuliyatli vazifalarni bajarishda, erishilayotgan yutuqlarda rahbardan to oddiy inspektorgacha har bir xodimning munosib hissasi borligini taʼkidladi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori, Obidjon Turakulovni ushbu mukofot bilan alohida tabrikladi.
Tadbir soʻnggida sanʼatkorlarning chiqishlari ishtirokchilarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.