Soliq to‘lovchilar
1) O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
2) O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 294-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq.
(Soliq kodeksining 295-moddasi)
Soliq solish bazasi
Daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq.
(Soliq kodeksining 296-moddasi)
Soliq stavkalari
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq to‘lovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1 |
Banklar |
20 |
2 |
Quyidagi soliq to‘lovchilar: polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi; faoliyatining asosiy turi mobilь aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan |
20 |
3 |
O'zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari |
0 |
4 |
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar |
0 |
5 |
Qo‘shimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari |
0 |
6 |
Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda |
0 |
7 |
Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda |
20 |
8 |
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar |
7,5 |
9 |
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilar |
0 |
10 |
O'zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar |
0 |
11 |
Dividendlar tarzidagi daromadlar |
5 |
12 |
Qolgan soliq to‘lovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda ko‘rsatilganlar mustasno |
15 |
(Soliq kodeksining 337-moddasi)
Soliq davri
Kalendarь yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
(Soliq kodeksining 338-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
Soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 339-moddasi)
To‘lov muddati
1) Hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
2) Soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay
3) Hisobot davri yakunlari bo‘yicha jami daromadi besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini oyning 23 kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 340-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
1) O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) O'zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
4) Faoliyatni O'zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
5) Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6) O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar.
(Soliq kodeksining 237-moddasi)
7) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
8) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
9) benzin, dizelь yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
10) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
11) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan ob'ektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganlar;
12) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob'ektlarni (joriy va kapital ta'mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslar;
13) alkogolь mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari;
14) bozorlar va savdo komplekslari;
15) soliq maslahatchilarining tashkilotlari;
16) auditorlik tashkilotlari;
17) notijorat tashkilotlari, shu jumladan budjet tashkilotlari.
(Soliq kodeksining 461-moddasi)
18) Realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni jismoniy shaxslarga ko‘rsatishga oid qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e'tirof etiladi.
(Soliq kodeksining 278-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
1) realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2) O'zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
(Soliq kodeksining 238-moddasi)
Soliq bazasi
Aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka - 12% (Soliq kodeksining 258-moddasi);
2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha aylanmalarga nolь darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 36-bobi).
Coliq davri
1) Soliq (hisobot) davri - bir oy.
(Soliq kodeksining 259-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari uchun soliq davri - bir chorak.
(Soliq kodeksining 280-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
1) Yilning har oyida, soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa ma'lumotlar o‘tgan chorakdan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 281-moddasi)
To‘lov muddati
1) Har oyda keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 281-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
Aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aksiz solig‘i solinadigan (aksiz to‘lanadigan xizmatlar) mobilь aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchilar, benzin, dizelь yoqilg‘isini yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar.
(Soliq kodeksining 283-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
1) aksiz solig‘i solinadigan tovarni sotish;
2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish;
3) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish.
(Soliq kodeksining 284-moddasi)
Soliq bazasi
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi;
2) mobilь aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar aksiz to‘langan holda ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati.
(Soliq kodeksining 285-moddasi)
Soliq stavkasi
aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) bo‘yicha soliq stavkalari O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
(Soliq kodeksining 289-, 2891-, 2892-,2893-moddalari)
Coliq davri
Hisobot davri bir oy.
(Soliq kodeksining 291-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 292-moddasi)
To‘lov muddati
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 293-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar.
(Soliq kodeksining 425-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari.
(Soliq kodeksining 426-moddasi)
Soliq bazasi
Er uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni.
(Soliq kodeksining 427-moddasi)
Soliq stavkasi
Er maydoni xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 gektar uchun belgilangan soliq summasi.
Konlar va karьerlar band etgan erlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsient, lalmi-yaylov zonada joylashgan erlar uchun esa — 0,05 koeffitsient qo‘llanilgan holda to‘lanishi hamda lalmi-yaylov zonada joylashgan erlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsient qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan erlar uchun esa – 1 gektar uchun soliq stavkalari normativ qiymatga nisbatan 0,95 foiz miqdorda.
(Soliq kodeksining 429-moddasi)
Coliq davri
Kalendarь yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 430-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Hisobot yilining 20-yanvariga qadar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1 mayidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 431-moddasi)
To‘lov muddati
1) aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
2)aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvarь oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay.
3) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar uchun hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 432-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
O'zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste'molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Faoliyatini O'zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 441-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
Er usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari.
(Soliq kodeksining 442-moddasi)
Soliq bazasi
Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.
(Soliq kodeksining 443-moddasi)
Soliq stavkasi
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq to‘lovchilar va soliq solish ob'ektlari |
1 kub. metr uchun soliq stavkasi (so‘mda) |
|
er usti suv resurslari manbalari |
er osti suv resurslari manbalari |
||
1. |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob'ektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar |
345 |
415 |
2. |
Sanoat korxonalari |
638 |
760 |
3. |
Elektr stantsiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari |
101 |
123 |
4. |
Qishloq xo‘jaligi erlarini sug‘orish va baliqlarni etishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar |
100 |
100 |
5. |
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi |
2 700 |
2 700 |
6. |
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogolь mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi |
34 160 |
34 160 |
(Soliq kodeksining 445-moddasi)
Coliq davri
Kalendarь yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 446-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Joriy to‘lovlar bo‘yicha ma'lumotnoma
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) joriy soliq davrining 20 yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e'tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 448-moddasi)
Hisob-kitoblar
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) — hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabridan kechiktirmay;
O'zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 447-moddasi)
To‘lov muddati
bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) — har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1 oktyabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi; 15 dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 448-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
O'zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan ob'ektlar;
3) temir yo‘llar, magistralь quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob'ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk ob'ektlari, ko‘chmas mulk ob'ekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach.
(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq bazasi
1) Bino va inshootlar;
2) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansda keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan, foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgan ko‘chmas mulk ob'ektlari;
3) To‘liq amortizatsiya qilingan binoning qayta baholangan (bozor) qiymati;
4) Normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob'ektining o‘rtacha yillik qiymati;
5) Temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob'ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati;
6) Konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob'ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
Toshkent shahrida — uch million besh yuz ming so‘m;
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — ikki million besh yuz ming so‘m;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million ikki yuz ming so‘m;
(Soliq kodeksining 412-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka 1,5%;
2) qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob'ektlarga nisbatan soliq stavkasi
3 foiz miqdorida;
3) Temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob'ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar hamda konservatsiya qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob'ektlariga 0,6 foiz miqdorda belgilanadi.
(Soliq kodeksining 415-moddasi)
Coliq davri
Kalendarь yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 416-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Joriy to‘lovlar bo‘yicha ma'lumotnoma
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun joriy soliq davrining
20-yanvarigacha, yangi tashkil etilganlar esa, ro‘yxatdan o‘tgan sanadan e'tiboran 30 kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Hisob-kitoblar
Yil yakuni buyicha bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
To‘lov muddati
- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay;
- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda yanvarь oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar.
(Soliq kodeksining 425-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari.
(Soliq kodeksining 426-moddasi)
Soliq bazasi
Er uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni.
(Soliq kodeksining 427-moddasi)
Soliq stavkasi
Er maydoni xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 gektar uchun belgilangan soliq summasi.
Konlar va karьerlar band etgan erlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsient, lalmi-yaylov zonada joylashgan erlar uchun esa — 0,05 koeffitsient qo‘llanilgan holda to‘lanishi hamda lalmi-yaylov zonada joylashgan erlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsient qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan erlar uchun esa – 1 gektar uchun soliq stavkalari normativ qiymatga nisbatan 0,95 foiz miqdorda.
(Soliq kodeksining 429-moddasi)
Coliq davri
Kalendarь yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 430-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Hisobot yilining 20-yanvariga qadar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar bo‘yicha — joriy soliq davrining 1 mayidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 431-moddasi)
To‘lov muddati
1) aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
2)aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvarь oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay.
3) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar uchun hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 432-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari.
(Soliq kodeksining 402-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
Ish haqi to‘lashga doir xarajatlar.
(Soliq kodeksining 403-moddasi)
Soliq bazasi
To‘lanadigan xarajatlar summasi.
(Soliq kodeksining 404-moddasi)
Soliq stavkasi
T/r |
Soliq to‘lovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1. |
Soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno |
12 |
2. |
budjet tashkilotlari |
25 |
3. |
«SOS — O'zbekiston Bolalar mahallalari» uyushmalari |
7 |
4. |
Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar |
4,7 |
(Soliq kodeksining 405-moddasi)
Coliq davri
Kalendarь yil soliq davri.
Yil oyi hisobot davri.
(Soliq kodeksining 406-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa—keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 407-moddasi)
To‘lov muddati
Yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 407-moddasi)
Soliq to‘lovchilar
Coliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 461-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
Hisobot davridagi jami daromad.
(Soliq kodeksining 463-moddasi)
Soliq bazasi
Hisoblab chiqarilgan jami daromad.
(Soliq kodeksining 464-moddasi)
Soliq stavkasi
T/r |
Soliq to‘lovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1. |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno |
4 |
2. |
Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar |
|
2.1. |
joylashgan joyiga qarab: |
|
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda |
4 |
|
boshqa aholi punktlarida |
2 |
|
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda |
1 |
|
2.2. |
joylashgan joyidan qat'i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha |
4 |
3. |
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: |
|
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda |
3 |
|
boshqa aholi punktlarida |
2 |
|
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda |
1 |
|
4. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25 |
5. |
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda) |
2 |
6. |
Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O'zbekiston Chernobilchilari» assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945 yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945 yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar |
0 |
Soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.
Soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq to‘lovchilar |
Bir yillik soliq stavkalari (mln so‘mda) |
1. |
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar |
25 |
2. |
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar |
34 |
(Soliq kodeksining 467-moddasi)
Coliq davri. Hisobot davri
Kalendarь yil soliq davri.
Bir oy hisobot davri.
(Soliq kodeksining 469-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim etish va
soliqni to‘lash tartibi
- hisobot davri yakunlari bo‘yicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
-soliq davri yakunlari bo‘yicha - soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)
To‘lov muddati
- hisobot davri yakunlari bo‘yicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
-soliq davri yakunlari bo‘yicha - soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)