Davlat personallashtirish markazi bilan ma'lumotlar almashishda yuzaga kelayotgan texnik muammolar sababli "Soliq" mobil ilovasida uzilishlar kuzatilmoqda.
Bu uzilishlar hisoblangan keshbek summalariga ta'sir qilmaydi.
Mazkur holatni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada mobil ilova odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.