Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.
Shu munosabati bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.
Xususan:
– Elektron hisobotlar;
– ERI;
– EHF* (7-8-dekabr kunlari);
– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.
* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.