Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida xususiy ta'lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur uchrashuvda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirilmoqda.
Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Sog’liqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.