Ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеrlar uchun yеr solig‘i stavkalari hamda mol-mulkning minimal qiymatlari xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlanmaganligi, soliq hisobotlarini soliq to‘lovchilarga avtomat shakllantirib berishda texnik muammolar va kadastr ma'lumotlari noto'g'ri shakllangan ayrim holatlar aniqlandi.
Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda yuridik shaxslarning yеr solig‘i bo‘yicha hisoboti va joriy yil uchun mol-mulk solig‘i ma'lumotnomasini 2023-yilning 25-yanvariga qadar (25-yanvar kuni ham) taqdim qilgan soliq to'lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi hamda QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish bo'yicha mezonga olinmasligini ma’lum qilamiz.