Soliq to'lovchilar elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF)da mahsulotlarining identifikatsiya kodini (МХIК) va o'lchov birligini ko'rsatishlari shart.
Soliq organlari tomonidan tadbirkorlarning bir turdagi mahsulot uchun qaysi MXIK va qanday o‘lchov birliklari koʻrsatilganligini tahlil qilish davom ettirilmoqda.
Misol uchun, eng ko‘p ishlatiladigan qurilish materiallaridan biri - sementni olaylik.
Hozirgi kunda Olovga chidamli sementlar, qurilish eritmalari, betonlar va shunga o’xshash tarkiblar – MXIK 03816001001000000 da 14 ta turli xildagi o'lchov birliklari mavjud:
Bir soliq to‘lovchi EHFni rasmiylashtirishda o‘lchov birligida – milligrammdan foydalangan va 1 mg sementni 2 milliard so‘mga realizatsiya qilgan. Boshqa bir soliq to‘lovchi esa EHFda o‘lchov birligini ming kub metr deb ko‘rsatib, 1 ming kub metr sementni 625 ming so‘mdan realizatsiya qilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘lchov va miqdor birliklarining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi tufayli mahsulotning haqiqiy narxini aniqlash va uning harakatini kuzatish mushkul. Buning natijasida soliq organlari tomonidan savollar va tekshirishlar yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, qat'iy o'lchov birliklari biriktirilayotgan qurilish materiallarining ro'yxati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” bilan integratsiya qilinayotganligi hisobiga to'ldirib borilmoqda.
Joriy yilning 1-oktabridan boshlab EHFlarda qurilish materiallari uchun belgilangan MXIK larga faqat biriktirilgan qat'iy o'lchov birliklari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma'muriyatchiligi boshqarmasi