Soliq to‘lovchilar kontragentlarini tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun QQS uzilish (Tax Gap) koeffitsiyenti joriy qilingan.
Korxonalarning shaxsiy kabineti “QQS to‘lovchilarni aniqlash” bo‘limida soliq uzilishi koeffitsiyentini tekshirish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha joriy yilning yanvar oyida o‘rtacha 0,18 bo‘lgan. 63 270 ta korxonadagi mavjud soliq uzilishlarining yaxshilanishi natijasida koeffisiyent 0,16 ni (0,02 ga kamaygan) tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda soliq uzilish koeffitsiyenti:
Muhim. Soliq uzilish koeffitsiyenti soliq toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida maʼlumot tariqasida aks etadi va QQS guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilishiga va hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilishiga olib kelmaydi.
Qoshilgan qiymat solig'i ma'murchiligi boshqarmasi