Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi ayrim soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Seitov Aydos Iskenderovich Chimboy tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1985-yil Amudaryo tumanida tugʻilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Aydos Seitov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Eshmuratov Askar Kochkarovich Qanlikoʻl tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1968-yil Qo‘ng‘irot tumanida tugʻilgan. Bunga qadar Qoʻngʻirot tumani soliq inspeksiyasida shuʻba boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Askar Eshmuratov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Raximov Jahongir Bazarbayevich Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1989-yil Amudaryo tumanida tugʻilgan. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jahongir Raximov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Ganiyev Shamshet Berdibayevich Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1975-yil Nukus shahrida tugʻilgan. Bunga qadar Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shamshet Ganiyev soliq xizmatining I darajali inspektori.
Toshkent shahri
Ergashov Jamshid Ashurovich Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1981-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Toshkent shahar soliq boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jamshid Ergashov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Andijon viloyati
Toxtaoxunov Mansurjon Shuxratovich Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1990-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mansurjon Toxtaoxunov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Sobirov Azizbek Avazbekovich Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1987-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Andijon viloyati soliq boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Azizbek Sobirov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Namangan viloyati
Xolmatov Askarjon Raximmirzayevich Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1972-yil Namangan viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Yangiqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Askarjon Xolmatov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Normatov Sayyorbek Qobuljonovich Yangiqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1985-yil Namangan viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Yangiqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sayyorbek Normatov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Tursunov Doniyor Abloyor oʻgʻli Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1987-yil Namangan viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Norin tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Doniyor Tursunov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Sirdaryo viloyati
Usmonov Anvar Israilovich Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1969-yil Jizzax viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Anvar Usmonov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Ikramov Oybek Uktamovich Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1983-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida shuʻba boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oybek Ikramov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Surxondaryo viloyati
Turdiyev Baxtiyor Ziyadullayevich Qumqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1985-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Baxtiyor Turdiyev soliq xizmatining I darajali inspektori.
Qosimov Shamsiddin Xisomiddinovich Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1989-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shamsiddin Qosimov soliq xizmatining I darajali inspektori.
Toshkent viloyati
Xazratov Sherzod Boymamatovich Boʻka tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1983-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Yuqori Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sherzod Xazratov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
Musayev Ikrom Tadjibayevich Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.
U 1973-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasida shuʻba boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ikrom Musayev soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlangan edi.