Yengil avtomobilni QQS bilan sotib olayotgan yuridik shaxs, o‘zi tomonidan byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasini sotib olingan transport vositasi bo‘yicha yetkazib beruvchiga to‘langan QQS summasiga kamaytirishga haqli.
Buning uchun soliq to‘lovchi sotib olingan avtomobil bo‘yicha “kiruvchi” QQSni hisobga olishi mumkin.
QQS barcha holatlarda ham hisobga olinavermaydi. Buning uchun bir vaqtning o‘zida qator shartlar bajarilishi kerak:
Ayni shu joyda, sotib olingan avtomobil QQS solinadigan operatsiyalar uchun foydalanilganligiga soliq organi tomonidan norozilik bildirilishi mumkin. Biroq, avtomobilni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani tuzayotganda, avtomobilni sotib olish va uni yuridik shaxs balansiga qo‘yish, undan tadbirkorlik yoki boshqa daromad keltiradigan faoliyatda foydalanishni nazarda tutadi, deb hisoblanadi.
Soliq organlari qanday holatlarda sotib olingan avtomobil uchun QQSni hisobga olinishini rad etishlari mumkin?
Agar yengil avtomobilni sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmasa, Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan QQS summasi hisobga olinmaydi.
Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar (birlamchi hujjatlar) bo‘lishi kerak. Bunday hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan (jo‘nash va boradigan joylar, qaytish vaqti, bosib o‘tilgan masofa, yoqilg‘i sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar) yo‘l varaqalari bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchining hujjatlarida avtomobil shaxsiy qatnovlar uchun emas, balki kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun foydalanganligini aks ettiruvchi xo‘jalik hayoti faktlari qayd etilishi kerak.
Agar soliq to‘lovchi tomonidan sotib olingan yengil avtomobillar soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi