Ҳудудий
органлар

Солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 ишонч телефони
    (71) 244-98-98 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • org@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Андижон вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 ишонч телефони
    (74) 223-95-23 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • andijon@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Бухоро вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 ишонч телефони
    (65) 221-26-89 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • buxoro@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Жиззах вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • 72 222-07-00 ишонч телефони
    72 222-07-00 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Jizzax@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қашқадарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 ишонч телефони
    (75) 225-10-82 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Навоий вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 ишонч телефони
    (79) 223-53-71 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Navoiy@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Наманган вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy
  • (69) 227-91-96 ишонч телефони
    (69) 227-91-96 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Namangan@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Самарқанд вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • 55 704-06-16 ишонч телефони
    55 704-06-16 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Samarqand@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сурхондарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-223-50-74 ишонч телефони
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Surxondaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сирдарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 ишонч телефони
    (67) 235-03-42 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • sirdaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент шаҳар

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 ишонч телефони
    (71) 244-54-86 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 ишонч телефони
    (78) 150-49-56 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Фарғона вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 ишонч телефони
    (73) 241-70-61 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • fargona@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Хоразм вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 ишонч телефони
    (62) 223-10-10 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • xorazm@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қорақалпоғистон Респ.

Солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 ишонч телефони
    (61) 222-00-33 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Ҳудудлараро инспекцияси

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳри, Хадра мавзеси, Алишер Навоий кўчаси, 16-Б
  • 71 202-21-04 ишонч телефони
    71 202-21-04 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • mri@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi muddati!

29/03/2022

Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi lozim.

    Deklaratsiya taqdim etilganda, soliqning ortiqcha to‘langan qismini boshqa soliqlardan bo‘lgan qarz uchun o‘tkazish, soliqlardan qarzi bo‘lmaganda qaytarib olish mumkin.

    O‘tgan soliq davri uchun jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi muddati – 1-aprelga sanoqli kunlar qoldi.

 Deklaratsiyani kimlar topshiradi?

    Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2021-yil davomida:

    – foiz va dividend ko‘rinishida, mol-mulkini ijaraga berib (agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa);

    – ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;

    – moddiy naf tarzida;

    – O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan;

    – soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;

    – soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston rezidentlari 2022-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

    Belgilangan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs ham o‘tgan soliq davri uchun daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1-apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.

 

    Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirish muddati (1-aprel) dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, deklaratsiya undan keyingi birinchi ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi shart (Soliq kodeksining 5-moddasi).

Deklaratsiyaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

    Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya shakli Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning (ro‘yxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) 4-ilovasida keltirilgan.

    Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga belgilangan shakldagi to‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.

    Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart. Ular ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega. Bunda chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Xarajatlar hujjatlar (nazorat-kassa mashinasi yoki terminal cheklari, kvitansiyalar, shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar va hokazo) bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

    Grant olgan soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini ko‘rsatadi. Shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.

    Mol-mulkni (avtotransport, bino va inshootlar, turar va noturar joylar) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar ijara shartnomalari nusxalarini deklaratsiyaga ilova qilishlari shart.

    O‘zbekistondan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lashda Soliq kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.

    (342-modda. 1-qism. Chet davlatning qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq haqiqatda to‘langan (ushlab qolingan) foyda solig‘ining summasi yoki ushbu chet davlatda olingan daromadlardan olinadigan aynan o‘xshash turdagi soliq O‘zbekiston Respublikasida foyda solig‘ini to‘lash hisobidan soliq to‘lovchida ushbu moddada belgilangan tartibda va miqdorlarda hisobga olinishi lozim)

Qanday usullarda taqdim etish mumkin?

    Deklaratsiya bevosita jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga shaxsan tashrif buyurgan holda, shuningdek, elektron shakldagi axborot tarzida va Internet tarmog‘i orqali taqdim etilishi mumkin.

    Deklaratsiya soliq organiga shaxsan taqdim etilganda davlat soliq organining tegishli bo‘limiga topshiriladi.

    Elektron hujjat tarzida tayyorlangan deklaratsiyani soliq to‘lovchi bevosita yoki axborot vositachisi (elektron hujjatlar aylanmasi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs) orqali jo‘natishi mumkin. U elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, bunda belgilangan shakl to‘liq to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.

    Shuningdek, deklaratsiyani Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz “Elektron soliq xizmatlari” portalidagi “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” interaktiv xizmati orqali ham jo‘natish mumkin.

Soliq to‘lash muddatlari


Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:

    – soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda - bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;

    – jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda - bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.

    Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq Markaziy bank tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.

    Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.

    Eslatib o‘tamiz, soliqni to‘lash muddatlari buzilganda to‘lov muddati belgilangan kundan keyingi sanadan eʼtiboran o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to‘lov kuni ham shunga kiradi) penya hisoblanadi. Bunda penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi. (110-modda)

    Shuningdek, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi uchinchi qismi).

    Shularni eʼtiborga olgan holda, daromadlaringiz to‘g‘risidagi deklaratsiyani oxirgi muddat – 1-aprelni kutmasdan yashash joyingizdagi davlat soliq inspeksiyasiga o‘z vaqtida taqdim etishingizni maslahat beramiz.

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил III чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг