1. AOS stavkalari soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirilmoqda. Bunda quyidagi hududlarda joylashgan korxonalar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolindi:
2. 2023-yildan AOS toʻlovchilar ixtiyoriy asosda qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni tanlashga haqli. Bunda:
Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.
Mazkur soliqni toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi zarur. Mazkur norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirishini eʼtiborga olgan holda, qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga 1-marta oʻtayotgan soliq toʻlovchilar soliq organlariga xabarnomani 2023-yil 25-yanvardan kechiktirmay taqdim etishga haqli.
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtishda qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etish navbatdagi soliq davri boshidan amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtishda, soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani 12 ga boʻlish va olingan natijani joriy soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshganda, qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi u oshgan oydan boshlab joriy soliq davri oxirigacha, 500 mln soʻmdan ortiq jami daromadga ega soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Soliq davri mobaynida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi soliq ushbu soliqlarga oʻtilgan oxirgi kalendar oyni hisobga olgan holda toʻlanishi lozim.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
Bunda ixtiyoriy yoki majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtishda bunday soliq toʻlovchilarga QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari boʻyicha QQSni hisobga olish huquqi berilmaydi.
3. Soliq davri mobaynida jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi roʻyxatdan oʻtkazilgan YaTTlar jami daromadning koʻrsatilgan miqdoriga yetgan kundan eʼtiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.