Soliq qoʻmitasi tomonidan tizimli ravishda soliq xizmati tuzilmalarida byudjet va jamgʻarma mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan amaliy nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, qoʻmitaning Ichki audit boshqarmasi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida 17 ta soliq organi tuzilmalarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarning 2 427,8 mln.soʻmi toʻliq bartaraf etildi.
Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Kelgusida kamchiliklarning oldini olish maqsadida masofaviy nazoratni raqamlashtirish va xodimlarning kasbiy malakasini oshirish ishlari reja asosida davom ettirilmoqda.
Ichki audit boshqarmasi