Территориальные
органы

Deklaratsiya topshirishi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborildi

01/03/2024

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga 2023-yilda olgan daromadlari bo‘yicha joriy yil 1-aprelga qadar deklaratsiya (noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida  olgan daromadlari) taqdim etishi lozimligi yuzasidan SMS yuborildi.

SMSdagi “Batafsil”  havolasi orqali fuqaro olgan daromadi manbai, hisoblanishi kutilayotgan daromad soligʻi summasi va boshqa ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin. 

2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.

Deklaratsiya yuborish bo‘yicha videoqo‘llanma

Eʼtibor bering! SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение