2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini raqamli markirovkalsh bosqichma-bosqich joriy etilgan. Xususan:
ikkilamchi (tashqi) qadoqdagi dori vositalariga 01.09.2022-yildan;
birlamchi (ichki) qadoqdagi dori vositalariga 01.11.2022-yildan;
orfan dori vositalariga 01.03.2023-yildan majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
“Dori vositalari” toifasidagi mahsulotlar ijtimoiy ahamiyatga ega, bozorda talab yuqori bo‘lgan yuqori likvidli mahsulotlar hisoblanadi. Raqamli markirovkalash realizatsiya qilinayotgan dori vositalari ustidan samarali nazorat tizimini yaratish, bu orqali ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilinadigan noqonuniy mahsulotlar va kontrafakt tovarlardan xalos etish imkonini beradi.
Raqamli markirovkalash tizimining joriy etilishi iste’mol mahsulotlari uchun logistika va biznes jarayonlarini yaxshilaydi va yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartiradi. Mahsulot aylanmasining nazoratga olinishi hisobiga davlat budjeti daromadlari ortadi.
Shu bilan birga, markirovkalash tizimi orqali dori vositalari narxlanish jarayonini kuzatib borish, ularning dorixonalarda mavjudligini ko‘rish, davlat tomonidan dori vositalari zaxirasining mavjudligi va ularga bo‘lgan talabni samarali prognoz qilish imkoniyati yaratiladi.
Asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini markirovkalashni boshlagan. Hozirgi kunda 600 dan ortiq xorijiy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 70 ta ishlab chiqaruvchi, Hindistondan 221 ta ishlab chiqaruvchi va Yevropa davlatlaridan 152 ta ishlab chiqaruvchi markirovkashni yo'lga qo'ygan. Ular axborot tizimiga 11 mingdan ortiq dori vositalari kiritilgan.
2024-yilning I choragida raqamli markirovkalangan 351 mln qadoq dori vositalari savdoga chiqarilgan:
222,7 mln qadoq (63,4%) chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalari;
128,3 mln qadoq (36,6%) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari.
Tovarlarni markirovkalash nazorati boʻlimi