Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.
Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.