Ҳудудий
органлар

Солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 ишонч телефони
    (71) 244-98-98 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • org@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Андижон вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 ишонч телефони
    (74) 223-95-23 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • andijon@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Бухоро вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 ишонч телефони
    (65) 221-26-89 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • buxoro@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Жиззах вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • 72 222-07-00 ишонч телефони
    72 222-07-00 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Jizzax@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қашқадарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 ишонч телефони
    (75) 225-10-82 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Навоий вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 ишонч телефони
    (79) 223-53-71 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Navoiy@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Наманган вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy
  • (69) 227-91-96 ишонч телефони
    (69) 227-91-96 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Namangan@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Самарқанд вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • 55 704-06-16 ишонч телефони
    55 704-06-16 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Samarqand@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сурхондарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-223-50-74 ишонч телефони
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Surxondaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сирдарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 ишонч телефони
    (67) 235-03-42 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • sirdaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент шаҳар

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 ишонч телефони
    (71) 244-54-86 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 ишонч телефони
    (78) 150-49-56 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Фарғона вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 ишонч телефони
    (73) 241-70-61 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • fargona@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Хоразм вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 ишонч телефони
    (62) 223-10-10 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • xorazm@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қорақалпоғистон Респ.

Солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 ишонч телефони
    (61) 222-00-33 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Ҳудудлараро инспекцияси

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳри, Хадра мавзеси, Алишер Навоий кўчаси, 16-Б
  • 71 202-21-04 ишонч телефони
    71 202-21-04 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • mri@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Gender tenglik va mehnat muhofazasi

17/06/2022

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ayollarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, xususan, soliq organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning safini iqtidorli mutaxassislar hisobidan kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi. 

    Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, sog‘ligini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarni tizimli davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo‘nalishdagi harakatlarni yanada jadallashtirish maqsadida 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlangani ham bejiz emas. Soliqchi va senator ayollarning davra suhbatida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Milliy dastur doirasida qilinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

    – Ushbu yo‘nalishda yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilgan, – dedi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova. – Mazkur faoliyatni quyi tizimgacha yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy Kengashlarda hududiy komissiyalar tashkil etildi. Komissiya asosiy vazifalari qatorida gender tenglik va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi hamda monitoringini olib boradi. Shu bilan birga, Komissiya Milliy dastur va uni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda tegishli vazirlik va idoralarga, hududlarga yaqindan ko‘maklashadi.

    – Bugungi kunda davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushi 27 foizni tashkil etmoqda, – dedi ochiq muloqotda Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasova. – Biz ham Milliy dastur doirasida “Ayollar ham soliq inspeksiyasini boshqara oladi” shiori ostida o‘z tashabbuslarimizni ilgari surishni an’anaga aylantirdik. Natijada bugunga kelib yigirmaga yaqin ayollar tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.

    Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar bildirish jarayonida ayollar faolligi alohida ta’kidlandi. Bunda Bosh qomusimizning oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan bobini yanada takomillashtirish, turmush qurishga milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib alohida ta’rif berish, gender tenglik kafolatini kuchaytirish diqqat markazida turibdi.



       Muloqot ishtirokchilari e’tibor qaratganidek, jahon hamjamiyatiga jadal uyg‘unlashuv mehnat bozorida yangicha yondashuv, yangi talab va shakllarni yuzaga keltirayapti. Shuning uchun ham Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ma’qullandi. Bundan buyon ishsizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari bandligini ta’minlovchi ish beruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan subsidiya va grantlar ajratiladi.

    – Qabul qilingan qonunga muvofiq, yagona ta’rif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning birinchi razryadi oshganda, ishsizlik nafaqasi miqdorining oshishi belgilangani ko‘pchilikning ko‘nglidagi ish bo‘ldi, – deydi Davlat soliq qo‘mitasi Kadrlarni saralash boshqarmasi bosh inspektori Nafisa Jalilova. – Shuning barobarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayorlash tizimiga davlat buyurtmasi talablari nazarda tutilgani ham muhim ahamiyatga ega.

    Umuman olganda, senator va soliqchi ayollarning suhbati uzoq davom etmagan bo‘lsada samarali va mazmunli kechdi. Tomonlar bunday muloqotlarni hududiy davlat soliq boshqarmalarida tizimli ravishda davom ettirishga kelishib olishdi.

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг