Территориальные
органы

Налоговый комитет

Центральный аппарат

...
  • г.Ташкент, ул.А.Кадирий дом 13а
  • (71) 244-98-98 Телефон доверия
    (71) 244-98-98 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • org@soliq.uz
Перейти на страницу

Андижанская область

Налоговое управление

...
  • город Андижан, улица Олтинкул, дом 1
  • (74) 223-95-23 Телефон доверия
    (74) 223-95-23 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • andijon@soliq.uz
Перейти на страницу

Бухарская область

Налоговое управление

...
  • город Бухара, улица М.Икбол, дом 14
  • (65) 221-26-89 Телефон доверия
    (65) 221-26-89 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • buxoro@soliq.uz
Перейти на страницу

Джизакская область

Налоговое управление

...
  • город Джиззак, улица Ш.Рашидова, дом 16
  • 72 222-07-00 Телефон доверия
    72 222-07-00 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Jizzax@soliq.uz
Перейти на страницу

Кашкадарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Карши, улица Узбекистон, дом 805
  • (75) 225-10-82 Телефон доверия
    (75) 225-10-82 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Навоийская область

Налоговое управление

...
  • город Наваи, улица Наваи, дом 26-б
  • (79) 223-53-71 Телефон доверия
    (79) 223-53-71 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Navoiy@soliq.uz
Перейти на страницу

Наманганская область

Налоговое управление

...
  • город Наманган, улица Марғилон, дом 14
  • (69) 227-91-96 Телефон доверия
    (69) 227-91-96 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Namangan@soliq.uz
Перейти на страницу

Самаркандская область

Налоговое управление

...
  • город Самарканд, улица Ю.Гагарина, дом 85 А
  • 55 704-06-16 Телефон доверия
    55 704-06-16 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Samarqand@soliq.uz
Перейти на страницу

Сурхандарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Термез, улица М.Каххара, дом 23
  • (0-376)-223-50-74 Телефон доверия
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Surxondaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Сырдарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Гулистан, улица Ислом Каримов, дом 41
  • (67) 235-03-42 Телефон доверия
    (67) 235-03-42 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • sirdaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

город Ташкент

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Шайхонтохурский район, улица Абая, дом 4 А
  • (71) 244-54-86 Телефон доверия
    (71) 244-54-86 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent@soliq.uz
Перейти на страницу

Ташкентская область

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Яккасарайский район, улица Бобура, дом 79-а
  • (78) 150-49-56 Телефон доверия
    (78) 150-49-56 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Перейти на страницу

Ферганская область

Налоговое управление

...
  • город Фергана, улица Сайилгох, дом 31
  • (73) 241-70-61 Телефон доверия
    (73) 241-70-61 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • fargona@soliq.uz
Перейти на страницу

Хорезмская область

Налоговое управление

...
  • город Ургенч, Ислом Каримов, дом 124.
  • (62) 223-10-10 Телефон доверия
    (62) 223-10-10 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • xorazm@soliq.uz
Перейти на страницу

Респ. Каракалпакстан

Налоговое управление

...
  • город Нукус, улица Т.Кайпбергенов, дом 23
  • (61) 222-00-33 Телефон доверия
    (61) 222-00-33 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Перейти на страницу

Межрегиональная инспекция

Налоговое управление

...
  • г. Ташкент, ул. Алишер Навоий, дом 16-Б
  • 71 202-21-04 Телефон доверия
    71 202-21-04 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • mri@soliq.uz
Перейти на страницу

HORECA segmentida markirovkalangan mahsulotlarni hisobga olish

24/06/2024

Ba’zi manbalarda HoReCa deb nomlangan mehmonxona va restoran biznesi (Hotel – Restaurant – Cafe so‘zlarining dastlabki ikki harfining qisqartmasi) umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi korxonalarini birlashtiradi va mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo joyida iste’mol qilinishi bilan farq qiladi (ingl. on-trade), savdo korxonalari esa mahsulotlarini olib ketishni taklif qiliadi (ingl. off-trade).

Ushbu sohada tamaki va alkogol mahsulotlari, pivo, shuningdek suv va salqin ichimliklar kabi majburiy raqamli markirovka qilinadigan tovarlar aylanmasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, tadbirkorlarda savol tug'iladi: mijozga markirovkalangan mahsulotlarning sotilishini va (yoki) korxonaning o'z ehtiyojlari uchun ishlatilishini qanday qilib to'g'ri aks ettirish kerak.

Mehmonxona va restoran biznesi korxonalari tomonidan markirovkalangan mahsulotlardan foydalanishning asosiy keyslari:

  • Masofadan turib amalga oshirish (joylashtirish, mini-bar va boshqalar);
  • Maрsulot qadog‘ini ochmasdan realizatsiya qilish;
  • Quyib sotish (sof shaklda);
  • Kokteyl tarkibida sotish;
  • Olib ketish (на вынос) usulida realizatsiya qilish;
  • O‘z ehtiyojlari uchun foydalanish.

Markirovkalangan mahsulotlarni sotish, foydalanish hisobini yuritish uchun quyidagi variantlarni ko'rib chiqish taklif etiladi:

Birinchi variant – fiskal ma'lumotlar operatori (FMO) orqali raqamli markirovkalangan mahsulotlarning qisman muomaladan chiqarilishini qayd etish.

Ushbu variant dorixona muassasalarining dori vositalarini donalab sotish sxemasi bilan bir xil. Ya’ni mahsulot quyib sotilganda xaridorga onlayn-NKТ cheki beriladi, unda quyidagilar aks ettiriladi:

  • Taqdim etilgan xizmat hajmi va narxi;
  • Xizmatlarni taqdim etish uchun ishlatiladigan mahsulotlarni markirovka kodi;
  • Ishlatilgan mahsulotlar hajmi (litr).

Bunda, mahsulotning har bir quyib sotilgan qismi uchun markirovka kodi aks ettiriladi. Shu bilan birga, sotilgan mahsulot hajmi "ASL BELGISI" tizimida hisoblanadi (qadoqning umumiy hajmiga nisbatan foizda). Mahsulot to‘liq sotilgandan so‘ng markirovka kodiga "muomaladan chiqarilgan" maqomi beriladi.

Ya’ni mahsulotni realizatsiya qilishda har bir sotish jarayonida qadoqning markirovka kodi onlayn-NKT chekiga bog‘lanadi.

Ushbu mexanizmni amalga oshirish uchun "Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalari"ga (31.12.2020-yildagi VM-833-son qaror 1-ilova) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etiladi.

Ikkinchi variant – raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomaladan chiqarilishini fiskal ma’lumotlar operatori (FMO) orqali qayd etish

Markirovkalangan mahsulotlardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar fiskal hujjatning alohida turini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali onlayn-NKT orqali qayd etiladi: qadoqni (idishni) ochishda yoki uni realizatsiya joyiga (mehmonxona xonasi, bar, oshxona va boshqalar) yetkazishda tegishli markirovka kodi skanerdan o‘tkaziladi va "nol" deb nomlangan maxsus chekda aks ettiriladi. Ushbu chek mahsulot to‘liq quyib bo‘lguncha va belgilangan tartibda muomaladan chiqarilgunga qadar markirovkalangan mahsulotlarni saqlash joyida saqlanadi.

Hisob-kitob qilishda onlayn-NKT chekida tegishli xizmatning MXIK kodi, shuningdek taqdim etilgan xizmat hajmi va qiymati ko‘rsatildi, ya’ni ushbu chekda markirovka kodi aks ettirlmaydi. Bunda, markirovka kodi faqat mahsulot qadog‘i (idish) bilan realizatsiya qilinganda maxsus chekda aks etadi.

Ushbu mexanizmda soliq organlari xodimlari tovarlarni markirovkalash kodlari holatini shaxsan tashrif buyurgan holda tekshiradi.

Agar mahsulot ishlatilgan, ochilgan yoki quyib sotish uchun ishlatilgan bo‘lsa, lekin unda "nol" chek bo‘lmasa, ushbu holat markirovkalash qoidalarini buzish sifatida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, realizatsiya hajmi muomaladan chiqarilgan markirovkalangan mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi.

Ushbu mexanizmni amalga oshirish uchun onlayn-NKTdan foydalanish mexanizmlariga (23.11.2019-yildagi VMQ-943), shuningdek, "Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalari"ga (31.12.2020-yildagi VM-833-son qaror 1-ilova) o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish talab etiladi.

Uchinchi variant – ish kuni tugagandan keyin markirovkalangan mahsulotlarning qisman muomaladan chiqarilishini qayd etish.

Ushbu variantda mahsulotlar muomaladan chiqarilganda hisobga olish nazarda tutiladi: ish kuni tugagandan keyin va (yoki) smena almashtirilgandan so‘ng "ASL BELGISI" tizimiga markirovka kodi va muomaladan chiqarilgan mahsulot hajmi to‘g‘risadigi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Markirovkalangan mahsulotlarni muomaladan chiqarish to‘g‘risida xabarnoma” yuboriladi.

Mahsulotning qolgan hajmi "ASL BELGISI" tizimida hisoblab chiqiladi (idishning umumiy sig‘imidan foizda) va idishning butun hajmidan foydalanilganda markirovkalash kodiga "muomaladan chiqarilgan" maqomi beriladi.

Ushbu mexanizmda soliq organlari tomonidan tovarlar markirovka kodlarining holatini doimiy inventarizatsiya qilish va tekshirish orqali alohida nazoratda olib boriladi. Shuningdek, raelizatsiya hajmi muomaladan chiqarilgan markirovkalangan mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi.

Ushbu mexanizmni amalga oshirish uchun "Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalari"ga (31.12.2020-yildagi VM-833-son qaror 1-ilova) o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish talab etiladi.

To‘rtinchi variant – raqamli markirovkalangan mahsulotlarni muomaladan chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat "ASL BELGISI" tizimida qayd etish.

Foydalanilgan mahsulotlarning muomaladan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “ASL BELGISI” tizimida aks ettiriladi. Buning uchun markirovka qilingan mahsulotlarning muomaladan chiqarilishi to‘g‘risida xabarnoma tuzish, muomaladan chiqarish sababini ko‘rsatish (o‘z ehtiyojlari uchun yoki ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish) va tegishli mahsulotlarning markirovka kodini ko‘rsatish lozim. “ASL BELGISI” tizimida xabarnoma yuborilgandan so‘ng, idish yoki bochka (keg) markirovka kodi “muomaladan chiqarilgan” maqomini oladi.

Bunday xabarnoma qadoqni (konteyner) ochgandan keyin yoki uni sotish joyiga (mehmonxona xonasi, bar, oshxona va boshqalar) topshirgandan keyin yuboriladi.

Bunda, mahsulotni markirovka kodi chekda aks ettirish shart emas (ya'ni markirovka kodi va onlayn-NKT cheki ma’lumotlari bir-biri bilan bog'lanmaydi).

Biroq, bu variantda spirtli ichimliklarni realizatsiya qilish va raqamli markirovkalash qoidalarini buzish xavfi yuqori. Shu jumladan, noqonuniy (hisobga olinmagan) mahsulotlarni markirovka qilingan tovarlar niqobi ostida sotish orqali holatlari kuzatilishi mumkin.

Shu sababli, soliq organlari tomonidan tovarlar markirovka kodlarining holatini doimiy inventarizatsiya qilish va tekshirish orqali alohida nazorat olib boriladi. Shuningdek, markirovkalangan mahsulotlarning muomaladan chiqarilgan miqdori bilan realizatsiya hajmi taqqoslanadi.

Ushbu mexanizmni amalga oshirish uchun "Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalari"ga (31.12.2020-yildagi VM-833-son qaror 1-ilova) o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish talab etiladi.

Kokteyl va (yoki) taom tayyorlashda raqamli markirovkalangan mahsulotlardan foydalanish.

Kokteyllar va taom tayyorlashda markirovkalangan mahsulotlarni tegishli bo‘limga (oshxona, bar va boshqalar) o‘tkazishda yoki undan foydalanishda (masalan, ish kuni va (yoki) ish vaqti tugagandan so‘ng) hisobga olish maqsadga muvofiq. Buning uchun markirovkalash tizimiga tegishli markirovka kodini lozim bo‘lsa, mahsulotning amalda ishlatilgan hajmini o‘z ichiga olgan mahsulotni muomaladan chiqarish to‘g‘risida xabarnoma yuborilishi kerak.

Bunda soliq organlari tomonidan inventarizatsiya o‘tkaziladi va mavjud tovarlarning markirovka kodlarining holati tekshiriladi. Shuningdek, realizatsiya hajmi muomaladan chiqarilgan markirovkalangan mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi.

Ushbu mexanizmni amalga oshirish uchun "Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalari"ga (31.12.2020-yildagi VM-833-son qaror 1-ilova) o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish talab etiladi.

Boshqa mamlakatlarda qanday amalga oshiriladi?

Bugungi kunda qisman muomaladan chiqarishni tartibga solingan reglamenti Rossiya Federatsiyasida mavjud. Agar bozor ishtirokchilari boshqa mamlakatlarning tajribasi va qoidalaridan boxabar bo‘lsa, Soliq qo'mitasi “Asl belgisi” tizimi operatori bilan birgalikda ularni ko‘rib chiqishga va qisman muomaladan chiqarish tizimini amalga oshirish uchun taklif qilingan variantlar ro‘yxatiga kiritishga tayyor.

Rossiya Federatsiyasida spirtli ichimliklar “Alkogol mahsulotlarini hisobga olishning yagona davlat avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da (EGAIS) hisobga olinadi:

  • Savdo subyektlari spirtli ichimliklarni yoxud pivo bochkasini (keglarni) ochishda "realizatsiya" sababi bilan pivo bochkasini (keglarni) muomaladan chiqarish dalolatnomasini EGAISda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bochka (keg) ochilgan kundan keyin bir ish kunidan kechiktirmay muomaladan chiqarish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi;
  • Umumiy ovqatlanish korxonalari EGAISda faqat spirtli ichimliklarni muomaladan chiqarish dalolatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bunday dalolatnoma tegishli idish (qadoq) ochilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘tkir alkogol mahsulotlari uchun 2024-yil 1-iyuldan boshlab hisobga olishning yangi qoidalari joriy etilmoqda:

  • 2024-yil 1-iyulga qadar kafe va restoranlar muomaladan chiqarish dalolatnomasini faqat idish (shisha) ochilganda va bir vaqtning o‘zida butun shisha uchun tuzadi (fiskal chekda aksiz markaning kodi aks ettirilmasdan mahsulotni sotish hajmi va qiymati rasmiylashtiriladi);
  • 2024-yil 1-iyuldan boshlab o‘tkir alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi muassasalarga qisman (porsiya) hisobiga olishga o‘tish talabi yuklatiladi: EGAISda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni millilitrgacha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda (markirovka kodini fiskal chekda aks ettirgan holda), shuningdek barlarda kokteyl tayyorlashda va oshxonada taom tayyorlashda (har bir ish kuni yakuni bilan) qayd etish kerak. 

Tovarlarni markirovkalash nazorati boʻlimi

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер в I квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение