Ҳудудий
органлар

Ikki buyuk siymoga ehtirom

09/02/2024

Soliq qo‘mitasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 


Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova she’riyat mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi A.Navoiy hamda shoh va shoir, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, Z.M.Bobur hayot yo‘llari  hamda o‘lmas asarlari avlodlar uchun ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qilishi xususida so‘z yuritdi. 


Shuningdek, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamiyatda soliq organlari ijobiy imijini oshirishda tizim xodimlarining nafaqat sohaviy bilimi, balki yuqori ma’naviy salohiyati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.   


Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг