Территориальные
органы

Налоговый комитет

Центральный аппарат

...
  • г.Ташкент, ул.А.Кадирий дом 13а
  • (71) 244-98-98 Телефон доверия
    (71) 244-98-98 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • org@soliq.uz
Перейти на страницу

Андижанская область

Налоговое управление

...
  • город Андижан, улица Олтинкул, дом 1
  • (74) 223-95-23 Телефон доверия
    (74) 223-95-23 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • andijon@soliq.uz
Перейти на страницу

Бухарская область

Налоговое управление

...
  • город Бухара, улица М.Икбол, дом 14
  • (65) 221-26-89 Телефон доверия
    (65) 221-26-89 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • buxoro@soliq.uz
Перейти на страницу

Джизакская область

Налоговое управление

...
  • город Джиззак, улица Ш.Рашидова, дом 16
  • 72 222-07-00 Телефон доверия
    72 222-07-00 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Jizzax@soliq.uz
Перейти на страницу

Кашкадарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Карши, улица Узбекистон, дом 805
  • (75) 225-10-82 Телефон доверия
    (75) 225-10-82 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Навоийская область

Налоговое управление

...
  • город Наваи, улица Наваи, дом 26-б
  • (79) 223-53-71 Телефон доверия
    (79) 223-53-71 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Navoiy@soliq.uz
Перейти на страницу

Наманганская область

Налоговое управление

...
  • город Наманган, улица Марғилон, дом 14
  • (69) 227-91-96 Телефон доверия
    (69) 227-91-96 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Namangan@soliq.uz
Перейти на страницу

Самаркандская область

Налоговое управление

...
  • город Самарканд, улица Ю.Гагарина, дом 85 А
  • 55 704-06-16 Телефон доверия
    55 704-06-16 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Samarqand@soliq.uz
Перейти на страницу

Сурхандарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Термез, улица М.Каххара, дом 23
  • (0-376)-223-50-74 Телефон доверия
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Surxondaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Сырдарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Гулистан, улица Ислом Каримов, дом 41
  • (67) 235-03-42 Телефон доверия
    (67) 235-03-42 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • sirdaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

город Ташкент

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Шайхонтохурский район, улица Абая, дом 4 А
  • (71) 244-54-86 Телефон доверия
    (71) 244-54-86 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent@soliq.uz
Перейти на страницу

Ташкентская область

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Яккасарайский район, улица Бобура, дом 79-а
  • (78) 150-49-56 Телефон доверия
    (78) 150-49-56 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Перейти на страницу

Ферганская область

Налоговое управление

...
  • город Фергана, улица Сайилгох, дом 31
  • (73) 241-70-61 Телефон доверия
    (73) 241-70-61 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • fargona@soliq.uz
Перейти на страницу

Хорезмская область

Налоговое управление

...
  • город Ургенч, Ислом Каримов, дом 124.
  • (62) 223-10-10 Телефон доверия
    (62) 223-10-10 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • xorazm@soliq.uz
Перейти на страницу

Респ. Каракалпакстан

Налоговое управление

...
  • город Нукус, улица Т.Кайпбергенов, дом 23
  • (61) 222-00-33 Телефон доверия
    (61) 222-00-33 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Перейти на страницу

Межрегиональная инспекция

Налоговое управление

...
  • г. Ташкент, ул. Алишер Навоий, дом 16-Б
  • 71 202-21-04 Телефон доверия
    71 202-21-04 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • mri@soliq.uz
Перейти на страницу

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish — islohotlarning mustahkam poydevori

17/12/2021

HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN – TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi  Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga intervyusi 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi — IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

  – Sherzod Davlatovich, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish va liberallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada soliq maʼmuriyatchiligining o‘rni ahamiyatli bo‘lib, uni yangi bosqichga chiqarishda qanday natijalarga erishildi, deb o‘ylaysiz?

 – Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari, jumladan, so‘nggi o‘n yillikda eʼtirof etilayotgan Xitoy, Indoneziya, Janubiy Koreya va boshqalarning milliy taraqqiyot strategiyalari dunyo hamjamiyatiga yaxshi maʼlum va samaradorlik jihatlari keng o‘rganib kelinadi.

O‘zbekistonda ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan, xalqimiz bilan bamaslahat qabul qilingan Harakatlar strategiyasi “Buyuk o‘zbek yo‘li”ni belgilab bergan amaliy hujjat sifatida millat taraqqiyotining istiqboliga shaxdam qadam qo‘yishimizga zamin yaratdi.

Buni nufuzli xalqaro moliya institutlari, qator islohotlarning boshida turgan Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi tashkilotlar ham eʼtirof etmoqda. Jumladan, Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerning: “Bu juda kuchli, muayyan ravishdatarixiy hujjat. U O‘zbekistonda yangi davr boshlanganini ifodalaydi va unda mamlakat taraqqiyotida yangi dinamikani belgilovchi yangicha dunyoqarash vayangilangan yondashuvlar bayon etilgan”, degan haqqoniy bahosi yodga keladi.

Haqiqatan, bugun yurtimiz demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon islohotlarimizning eng katta natijasi hisoblanadi. Maqsadning aniqligi harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezon bo‘lib xizmat qilyapti.

Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, iqtisodiy barqarorlikning poydevori mustahkam bo‘lishi uchun adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan yangi soliq maʼmuriyatchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.

O‘zgarishlar natijasi xalqaro rey ting va indekslarda ham o‘z aksini topdi. Xususan, “Economic Freedom” — Iqtisodiy erkinlik reytingidagi “Tax Burden — Soliq yuki” indikatori bo‘yicha 2017-yildagi 90,7 ballik ko‘rsatkichdan o‘tgan yili 92,4 ballik ko‘rsatkichga erishildi.

Yaqin yillardagi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to‘lovchi soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo‘g‘i 9,2 foizga teng bo‘lgan. Asosiy soliq yuki esa umumbelgilangan rejimdagi 3 foiz soliq to‘lovchi zimmasiga to‘g‘ri kelar edi.

– Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar natijasida barchaga teng va erkin raqobat sharoiti yaratildi. Ortiqcha yig‘imlarni bekor qilish va soliq stavkalarining normallashtirilishi tufayli tadbirkorlik subyektlariga soliq yuki kamaytirildi. Xususan, mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliq stavkalari 2 barobar pasaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi.

– Eng muhimi, o‘zgarishlarni har bir fuqaro, har bir tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatida his qilyapti. Buni soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 80 foizdan 95 foizga ko‘tarilganidan ham bilish mumkin.

Qolaversa, soliq yukining teng taqsimlanishi va pasayishi natijasida foyda solig‘i to‘lovchilari 15,2 baravar, suv solig‘i to‘lovchilari 36,5 baravar va yer solig‘i to‘lovchilari 38 baravar ko‘paydi.

Yig‘ilayotgan soliq miqdori o‘tgan yilningoxirgi choragidan boshlab har oyda 10 trillion so‘mdan oshmoqda yoki 1 milliard dollar ekvivalentiga teng bo‘lmoqda. O‘zbekiston soliq tizimida shu paytgacha bunday natija kuzatilmagan. Buni islohotlarimizning aniq dalili sifatida qayd etish mumkin.

Bunday natijalarning eng muhim omili biznesning islohotlarga bo‘lgan ishonchi oshgani, sohani raqamlashti-rish va ishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishga erishganimiz bo‘ldi.

– Taʼkidlab o‘tganingizdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishda tenglik, soddalik va samaradorlik prinsiplariga tayanib kelinmoqda. Bugungi kunda yuqorida sanalgan maqsadlarga erishishda soliq maʼmuriyatchiligini tubdan yangilash va takomillashtirish qanday o‘rin tutadi?

– Har qanday sog‘lom soliq tizimi klassik iqtisodiy maktab yetakchisi Adam Smit tomonidan ilgari surilgan tenglik, aniqlik, qulaylik va soliqqa tortishdagi tejamkorlik, shuningdek, samaradorlik va byudjetga yetarlilik kabi fundamental prinsiplarga asoslangan bo‘lishi lozim. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu asoslarning etishmasligi soliq to‘lovchilarning davlat soliq tizimiga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga olib keladi hamda soliq to‘lashga bo‘lgan norozi kayfiyatini yuzaga keltiradi.

Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlariga (“Temur tuzuklari”) alohida eʼtibor qaratib, “Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solib qo‘yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi”, degan edi.

Ushbu tarixiy haqiqatlarga tayangan holda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Shu asosda qator hayotbaxsh loyihalar amalga oshirildi va bu jadal davom ettirilmoqda. Natijada yillar davomida mamlakat taraqqiyotiga har tarafdan to‘g‘anoq bo‘lib kelgan murakkab va og‘ir soliq tizimi tubdan yangilandi.

Soliq maʼmuriyatchiligining yangi bosqichga chiqarilishida 2020-yilda kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi asosiy omil bo‘ldi. Kodeks bilan soliq qonunchiligida quyidagi yangiliklar joriy etildi.

Birinchidan, soliqlar va yig‘imlarning soni va turlari, shuningdek, alohida soliq rejimlari optimallashtirildi. Xususan, soliqlarning 9 turi, katta bo‘lmagan korxonalar uchun (aylanmasi 1 milliard so‘mgacha) esa undan soliq ko‘rinishidagi alohida soliq rejimi saqlanib qolindi.

Ikkinchidan, soliq idoralarining ustuvor vazifalari sifatida soliq to‘lovchilar bilan hamkorlik asosida ish yuritish prinsipi kiritildi. Yaʼni soliq organlari soliq to‘lovchilar bilan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini to‘g‘ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarining keng tatbiq etilishi hisobiga soliq maʼmuriyatchiligini, xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ushbu islohotlar samarasi o‘laroq, 2016-2021-yillarda QQS to‘lovchilar soni 20 barobar oshdi (6,9 mingtadan 140,7 mingtaga yetdi). Uning tushumlari 2016-yildagi 6,9 trillion so‘mdan 2020 yilda 20,4 trillion so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilda 25,3 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.

Bu boradagi eng so‘nggi va muhim yangilik Vazirlar Mahkamasining shu yil 22-sentabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana-da takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqidagi nizomning tasdiqlanishi bo‘ldi.

Ushbu nizom bilan QQS to‘lovchi larini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni soliq xavfini baholash asosida amalga oshirish tartibi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, joriy yilning 23 dekabridan boshlab QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda soliq to‘lovchilarning xavf darajasi inson omili ishtirokisiz avtomatik dasturlar orqali aniqlanadi.

Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar ariza shu muddat ichida ko‘rib chiqilmasa, maxsus ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik tarzda beriladi. Natijalarga ko‘ra, ular soliq xavfining yuqori, o‘rta yoki past darajalari bo‘yicha toifalarga ajratiladi.

QQSni to‘g‘ri hisobga olish va manfiy summani qaytarish tizimini takomil- lashtirish yo‘nalishidagi harakatlar jadal davom ettirilyapti. Xususan, soliq tushumlarini oshirish uchun hisobga olinayotgan summalarning haqqoniyligini tekshirish maqsadida QQS zanjiri (ishtirokchilarning har birida QQS to‘liq (yoki umuman) to‘lanmagani) uzi- lishlarini avtomatik aniqlab, asossiz hisobga olinayotgan summani bartaraf etishga qaratilgan “Taxgap” elektron dasturini yaratish ustida ish olib bo- rilmoqda.

Mazkur yangi mezonlar va harakatlarimiz bozorda qonuniy ishlayotgan tad- birkorlarni himoyalash va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan javobgar- lik xavflarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

To‘rtinchidan, ortiqcha to‘lov olishdek xunuk tajribadan butunlay voz kechildi. Bu kabi holatlar qayd etil- gan taqdirda ortiqcha to‘lov summasini qaytarish bilan birga, har bir kechiktirilgan kun uchun foiz to‘lash tartibi amaliyotga kiritildi. Shu yilning o‘zida avvalgi yillar davomida yig‘ilib kelingan 3 trillion so‘mdan ortiq oldindan to‘lovlar 40 foiz qisqardi.

Beshinchidan, soliq qarzini debi- torlardan undirish tartibidan ham voz kechildi. Bu soliq to‘lovchilarga o‘z mablag‘larini mustaqil ravishda ta- sarruf etish imkonini beradi.

Oltinchidan, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish vakolati davlat soliq xizmati organlari va Xalq deputat lari mahalliy kengashlariga berildi. O‘tgan qisqa vaqtda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi normalariga muvofiq, 171 ta subyektga umumiy hisobda 688 milliard so‘m miqdoridagi soliqni bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etildi. Shundan 560 milliard so‘mlik soliqni bo‘lib to‘lash imkoniyati (81 foiz) davlat soliq xizmati organlari, 128 milliard so‘mi (19 foiz) Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan berilgan.

– Soliq imtiyozlari ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishda rag‘batlantiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Ayni davrga kelib, O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun soliq

va boshqa imtiyozlarni kengaytirish yo‘nalishdagi sarhisoblardan qanday xulosalar chiqarish mumkin?

Bugun O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yana-da yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taʼminlash hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 45 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘z kuchini yo‘qotgan, deb topilgan ayrim qonun hujjatlari orqali bir qator soliq va bojxona imtiyozlari amaliyotdan chiqarildi. Natijada 84 ta turli samarasiz soliq imtiyozi bekor qilindi. Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 baravar ko‘paydi va 13,2 mingtaga yetdi.

So‘nggi to‘rt yilda soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qo‘shimcha 119,5 trillion so‘m qoldirildi. Iqtisodiyotga soliq yuki 2019-yildagi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25,7 foizdan 2020-yilda 23,5 foizga tushishiga erishildi.

Bu borada yana-da yaxshi natijalarga erishish maqsadida amaldagi soliq imtiyozlarini va ularning raqobat muhi- tiga taʼsirini inobatga olgan holda, soliq imtiyozlari hisobini tizimlashtirish ishlari boshlanib,
E-imtiyoz” axborot tizimini amaliyotga joriy etish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu axborot tizimida 3 900 dan ziyod imtiyoz ro‘yxati shakllantirilgan. Shuningdek, tizim imtiyozlar summasi va ulardan foydalangan tadbirkorlar haqida umumlashtirilgan maʼlumotlarni ham jamlab boradi.

Tadbirkorlarga mavjud imtiyozlar to‘g‘risida maʼlumot berish uchun alohida axborot xizmati yaratiladi va unda barcha mavjud imtiyozlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan subyekt turlari hamda imtiyozlarning ID-lari jamlanadi.

Mazkur tizim imtiyozlardan maqsadli va to‘g‘ri foydalanishni taʼminlaydi va soliq to‘lovchilarda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishga olib keladigan xatolarning oldini oladi.

– Shu o‘rinda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– Eng avvalo, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ishbilarmonlikning rivojini yana-da qo‘llab-quvvatlash va sohadagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlariga qator  yengilliklar berildi.

Bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan dasturiy mahsulotlarni joriy etishga keng eʼtibor berilayotgani xizmat ko‘rsatishda inson omilini maksimal darajada cheklab, halol-pok tadbirkorlarni himoya qilish, ularni intizomli tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish va boshqalardan ajratib ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Biz kelgusida soliq hisobotlarini to‘liq avtomatlashtirishga va  inson omilining butunlay cheklashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiryapmiz.

So‘zimning tasdig‘i sifatida, qo‘yidagi raqamlarni keltirishim mumkin. Keyingi yildan boshlab soliq hisobotlarining qariyb 90 foizi soliq organlarda mavjud maʼlumotlar asosida avtomat ravishda to‘ldiriladi. Hozirda bu raqam 50 foizni tashkil etadi. Bu esa hisobchilar uchun o‘ta muhim bo‘lgan vaqtdan yutish va daromadlarni oshirish ularni to‘g‘ri va aniq hisobini yuritish imkonini yana-da oshiradi.

Xususan, soliq organlariga aso- siy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar hisobini yuritish, tahlil qilish, harakatini masofadan hisobga olish, har bir ombor kesimida kirim-chiqim qilingan yoki qoldiq tovarlar ro‘yxatini shakllantirish imkonini beruvchi “E-aktiv” avtomatlashgan axborot tizimi yaratildi.

Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini masofadan turib davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish – “E-ijara” elektron xizmati yaratilib, “ijara.soliq.uz” internet manzilida test rejimida joylashtirildi.

 – Yangi davr uning taraqqiyotiga hamohang qadam tashlashni taqozo etadi. Sohani raqamlashtirish natijalari soliq to‘lovchilar va soliq organlari uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etyapti?

– Bugungi kunda har qanday sohani, jumladan, soliq tizimini ham raqamlashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada soliq tizimida qilingan ishlar sifatida elektron hisobvaraq-faktura joriy etilishi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, tovarlarning markirovka qilinishi, qator elektron xizmat platformalari ishlab chiqilishi kabi ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarining joriy etilishi soliq organlariga ham, soliq to‘lovchilarga ham sezilarli qulayliklar yaratilishiga olib keldi.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlarni qayta ishlash markazining modernizatsiya qilinishi natijasida ularni qayta ishlash va tahlil qilish tezligi 10 barobar oshirilib, maʼlumot xavfsizligini hamda axborotni saqlash hajmini to‘liq taʼminlash imkoniyati yaratildi.

Axborot tizimlari majmuasini yagona platformaga o‘tkazish maʼlumotlarni kiritish, to‘plash, tahlil qilish tizimini optimallashtirish maʼlumotlar bazalaridagi yuklanishning oldini olib, hisobot berish jarayonini 5-7 barobar soddalashtirishga hamda inson omili keskin kamayishiga olib keldi.

Business Intelligence va Big Data texnologiyasi joriy qilinishi soliq organlari faoliyatida inson omili qisqarishiga, yashirin aylanma darajasini pasaytirishga, shu bilan birga, qo‘shimcha soliq tushumlari manbai paydo bo‘lishiga yo‘l ochdi.

2020-yil 1-yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalar operatorlari xizmatlarini, elektron shartnomalarni hamda tovarlar va xizmatlarning yagona elektron klassifikatorini integratsiya qilish natijasida tizimda 361 mingdan ko‘p foydalanuvchi ro‘yxatga olindi, 20,6 million elektron hisobvaraq faktura shakllantirildi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 798,4 trillion so‘mlik aylanmalari aks ettirildi.

Yaqin kunlarda elektron hisobvaraq-faktura yangilangan tizimi test rejimida ishga tushirildi. Uning bosh sahifasida korxona aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi ekani ko‘rinib turadi.

Shuningdek, QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar, imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar, “0” stavkada realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar, “0” stavkada xarid qilish huquqiga ega korxonalar uchun alohida satrlar kiritildi.

Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK) tanlanganda, barcha EHFlarda mahsulot nomi bir xil aks ettirilishi taʼminlanadi. EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satrlarda) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

Hozir mahsulot va xizmatlar yago- na elektron milliy katalogi
– tasnif. soliq.uz portalida 50 mingdan ortiq mahsulot va xizmatning identifikatsion kodlari to‘plangan. Har bir MXIKga EHFda foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq o‘lchov birliklari biriktirilmoqda.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga o‘z mahsulotlarini qadoqqa to‘plashi – agregatsiyalashi, yaʼni yangi o‘lchov birligini mustaqil ravishda yaratish imkoniyati beruvchi alohida interaktiv xizmat ishga tushirildi. Ular ushbu xizmat orqali o‘zlari uchun agregatlashgan o‘lchov birliklarini yaratishi va keyinchalik undan EHFda doimiy foydalanishi mumkin.

Tadbirkorlik subyektlarida tovarmoddiy zaxiralarni va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun elektron shartnomalar (ishonchnomalar) almashinuvi tizimi joriy etildi. Yil boshidan 3,5 milliondan ortiq ishonchnoma hamda 218 mingga yaqin shartnoma elektron ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ayni paytda xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobida hamda chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida yuritiladigan avtomatlash- tirilgan dasturlar integratsiya qilinmoqda. Bugungi kunda 97 foiz ulgurji va chakana savdo nuqtalarida Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa mashinalari (ONKM) orqali aholiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bu ham Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan sohani to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim qismi hisoblanadi.

2021-yil uchun davlat dasturi doirasida davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlarining yagona platformasini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur platformada “Avtokameral”, “QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish”, “Yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazasi” kabi yangi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Ushbu jarayonda frontend, backend va database qismlarga bo‘linib, ularning yagona pattern asosida hamda yagona dizaynda yaratilishi taʼminlandi.

Yana bir muhim jihat. Soliq organlari tomonidan axborot texnologiyalari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlarining yangicha tartibi joriy etildi. Endilikda bunday tekshiruvlarni o‘tkazish uchun nomzodlar inson omilisiz, dastlab kamida 79 ta mezon asosida tahlika-tahlil dasturi yordamida tanlanadi.

Bu dastur xo‘jalik subyektlarini xavflilik darajasiga qarab 3 ta segmentga (yashil, sariq va qizil) ajratadi hamda kamchiliklar aniqlangan taqdirda soliq nazoratining yangi kameral tekshiruvi, sayyor tekshiruv va soliq auditi o‘tkazilishini belgilaydi.

Eng muhimi, bu tadbirlar soliq nazoratining shaffofligini taʼminlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi.

Sohaga raqamli texnologiyalarni yana-da keng joriy etish, yirik hajmli maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha Rossiya Federal soliq xizmati bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, yakuniga yetib borayotgan yilda ham Rossiyada, ham O‘zbekistonda Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov bilan shaxsan uchrashib, amaldagi hamkorligimiz va uning istiqbollari borasida qator samarali kelishuvlarga erishdik.

– Taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlik faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlangan islohotlar qatʼiy davom ettirilishi alohida qayd etilgan. Bu vazifalarni amalga oshirishda yangi avlod kadrlarini tayyorlash qanday ahamiyat kasb etadi? 

– 2022-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda kelgusi yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 6 foizni tashkil etishi, 2024-yilga borib 6,6 foizga yetishi kutilmoqda.

2022-yilgi soliq siyosatida iqtisodiyotimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida bir qator o‘zgarishlar taklif qilingan. Xususan, 1-yanvardan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirish, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun foydalanilgan suvdan tashqari) stavkalarini inflyatsiya darajasida 1,1 barobarga indeksatsiya qilish mo‘ljallangan.

Shuningdek, kelgusi yilda asosiy vositalarga investitsiyalar kiritilishini rag‘batlantirish maqsadida foyda solig‘i bazasidan chegiriladigan ayrim xarajatlar miqdori oshirilmoqda. Jumladan, amortizatsiya ajratmalari normalari o‘rtacha 2 barobar, xususan, binolar uchun 3 foizdan 5 foizga, inshootlar – 5 foizdan 10 foizga, uzatish qurilmalari va kuch mashinalari 8 foizdan 15 foizga, ish mashinala- ri va asbob-uskunalar 15 foizdan 20 foizga, kompyuter va maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari 20 foizdan 40 foizga oshirilmoqda.

Natijada qariyb 130 mingta korxonada qo‘shimcha 10 trillion so‘mga yaqin mablag‘ni foyda solig‘i bazasidan chegirish imkoniyati yaratiladi va ularning ixtiyorida yana 1,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ qolishi hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, bir martalik investitsiyaviy chegirma miqdori 2 barobar, xususan, yangi texnologik uskunalar uchun 10 foizdan 20 foizga, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha yangi qurilish uchun 5 foizdan 10 foizga oshirilmoqda.

2022-yilda asosiy vositalar sotib olgan korxonalarning foyda solig‘i bazasiga investitsiyaviy chegirma qo‘llanilishi natijasida ular ixtiyorida jami 600 milliard so‘m (qo‘shimcha 300 milliard so‘m) mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Mahalliy va xorijiy investorlarga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikada doimiy muas- sasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar tomonidan foyda solig‘i bilan birga sof foydadan dividend solig‘i (10 foiz) to‘lash tartibi joriy etilmoqda.

Foyda solig‘ini hisoblashda olingan zararning 60 foizini o‘tkazish bo‘yicha cheklov bekor qilinmoqda. Bu juda katta yengillik.

Qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz, yer, mol-mulk, suv soliqlari stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarishning eksterritorial tartibi joriy etiladi. Yaʼni jismoniy shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qatʼi nazar, eng yaqin bo‘lgan soliq organiga borib yoki elektron shaklda ariza berish orqali daromad solig‘ining ortiqcha to‘langan summasini bank kartasiga qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.

Soliqlarning asosiy turlari bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoldirilyapti. Jumladan, qo‘shilgan qiymat, foyda soliqlari stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12, dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olina- digan foyda solig‘i – 5, aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Yuqorida keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, soliq islohotlarini jadal davom ettirish bo‘yicha maqsadlar aniq, buni amalga oshirish uchun esa kadrlar masalasi va sohani raqamlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat bilan bog‘liq jarayonlar jadallashayotgan hozirgi sharoitda soliq organlari xodimlarining dunyoqarashi, malakasi, bilimiga yangi talablar qo‘yilmoqda. Bu, birinchi navbatda, avtomatlashtirilgan tahlil uslublari va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarga tegishli.

Prezidentimizning    2020-yil 4-noyabrdagi qaroriga asosan, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan Fiskal institutda hozir jami 1560 nafar talaba soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, raqamli iqtisodiyot bakalavriat yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.

Fiskal institutda soliq tizimidagi katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlashning samarali usullari va ilg‘or biznes tahlil (Business Intelligence, Big Data) texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlanadi. Institutda soliq sohasidagi biznes jarayonlarini tanqidiy tahlil qilishga imkon beradigan maʼlumotlarni strategik aktiv sifatida aniqlash, muqobil biznes yechimlar olish, strategik va operatsion qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilimlar berilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hozir o‘quv-taʼlim jarayoniga xorijda taʼlim olgan, malaka oshirgan olimlar hamda mutaxassislar faol jalb qilingan.

Bugungi kunda tizimdagi o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 2516 nafar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lish istagida Fiskal institutga hujjat topshirdi. Shuningdek, tizimda ishlovchi xodimlarning malaka va kasbiy bilimini oshirish maqsadida 2021-yilning o‘tgan davrida 3 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil qilindi va jami 2 984 nafar xodim o‘qitildi.

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning qatʼiy pozitsiyasi mavjud. Bu borada komplayens-nazorat tizimi joriy etildi. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va faoliyat shaffofligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti auditorlari xulosasida ham qayd etildi. Shu yil avgust oyida ushbu tashkilotning Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikati topshirildi.

O‘zbekiston soliq maʼmuriyatchiligini yana-da soddalashtirish va takomillashtirishda xalqaro tajribalarga asoslangan yangi dasturiy mahsulotlar va ularning imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida hududlardagi soliq to‘lovchilar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va OAV ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Bu haqda rasmiy manbalarimiz orqali ham keng maʼlumotlar taqdim etib borilmoqda.

Hali oldinda o‘zaro munosabatlarda inson omilini keskin kamaytirib, sohaga raqamli texnologiyalarni yana-da keng jalb etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, umumbelgilangan deklaratsiya tizimiga o‘tish, xalqaro andozalardagi xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish, halol tadbirkorlik subyektlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash, yer va ko‘chmas mulklarni elektron ro‘yxatga olish va baholash kabi qator strategik vazifalarning ijrosini taʼminlash masʼuliyati turibdi va biz ularni hal etishga qatʼiy bel bog‘laganmiz.

— Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.

 Salim DONIYOROV suhbatlashdi. 


"Yangi O‘zbekiston" gazetasi 254-son. 2021-yil 17-dekabr.

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во III квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение