Respublikamizda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining turmush darajasini yaxshilash hamda bu yo'lda tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlik asosida ish olib borish maqsadida yangi dastur yo'lga qo'yildi. Tadbirkor va malakali mutaxassis kelishuvi asosida amalga oshiriladigan mazkur dastur nafaqat ish beruvchilar, balki xodimlar uchun ham birdek manfaatlidir.
Xususan joriy yilning 5-iyul kuni Shayxontohur tumanida Soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari M.Mirzayev, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Y.Nasimjonov hamda mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan o'tkazilgan uchrashuvda dastur shartlari, qulayliklari va u orqali qanday imtiyozlarga ega bo'lish mumkinligi to'g'risida 50 dan ortiq tadbirkorlar bilan suhbat olib borildi.
Jumladan mazkur dasturga ko'ra "hamkorlik shartnomalari" ni tuzgan ishbilarmonlar mol-mulk va yer solig'idan imtiyozga ega bo'lishi, daromad solig'ini qaytarib olishi, 1 yilgacha soliqlarni bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkinligi tadbirkorlar uchun ayni muddao bo'ldi.
Shuningdek, dastur ijrosini ta’minlashda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi ham qat’iy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati