Joriy yilning 15-iyul kuni Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining Davlat va moliyaviy boshqaruv masalalar departamentining global ishlari boʻyicha menejeri Adrian Fozzard o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi.
“Soliq maʼmuriyatchiligi va soliq siyosatini isloh qilish hamda oʻrta muddatli tahlil boʻyicha texnik yordam koʻrsatish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish hamda kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida hamkorlik ishlarini yanada tizimlashtirilgan holda davom ettirishga kelishib olindi.
Janob Adrian Fozzard tomonidan kelgusida Jahon bankining texnik koʻmagi davom ettirilishini taʼkidladi.
Shuningdek, joriy yilning 15-22-iyul kunlari ushbu missiya doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi