Ayni daqiqalarda Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va qo‘mita mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Jamoatchilik kengashi raisi Mixail Perper, shuningdek, soliq maslahatchilari Irodaxon Abbosxonova, Irina Podolskaya va Natalya Turalinovalar ishtirok etdi.
Ekspertlar Soliq qo‘mitasi mutaxassislari bilan birgalikda “Avtokameral” tizimida soliq to‘lovchilar faoliyatini tekshiruvdan oldingi tahlil qilish formulalarini muhokama qildi.
Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati