Soliq kodeksining 423 va 440 - moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim. 2022-yilda jami 8 mln 85 ming nafar yer uchastkasi va undagi ko‘chmas mulklari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga 3 trln 450 mlrd so‘m yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan. Shundan joriy yilning 28-sentabr sanasiga qadar 2 trln 5 mlrd so‘m yaʼni 58 foizi to‘langan. Shuningdek, 4 mln 400 ming nafar fuqarolarning o‘tgan yildan qolgan qarzdorligi bilan qo‘shib hisoblaganda 2 trln 798 mlrd 4 million so‘mlik soliqlari to‘lanmasdan qolmoqda.
Shundan, joriy yilda oylik daromad manbaiga ega bo‘lgan 236 ming 6 00 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 mln 700 ming nafar xodimlarga 1 trln 300 mlrd so‘m hisoblangan. 2022 yilning 28-sentyabr kuniga qadar 636 mlrd 800 mln so‘mi yaʼni 48 foizi to‘langan, 1 mln 106 ming 400 nafarining 691 mlrd 300 mln so‘mi, 52 foizi to‘lanishi lozim.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar tomonidan joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan 3,3 mlrd. so‘mdan 2,2 mlrd. so‘m (65,9%), Mahalla va oilani qo‘llab quvatlash vazirligi 5,1 mlrd. so‘mdan 3,3 mlrd. so‘m (64,5%), Oliy sud 1,7 mlrd. so‘mdan 1 mlrd. so‘m (62,1%), Adliya vazirligi 2,5 mlrd. so‘mdan 1,5 mlrd. so‘m (60,5%), Suv xo‘jaligi vazirligi 17,2 mlrd. so‘mdan 10 mlrd so‘m (58,2 %), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 1,7 mlrd. so‘mdan 1 mlrd. so‘m (57,5%), Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi 2,7 mlrd.so‘mdan 1,5 mlrd.so‘m (56,6%), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 4 mlrd. so‘mdan 2,2 mlrd. so‘m (56,0%), Mahalliy hokimiyat organlari xodimlari tomonidan 8,3 mlrd.so‘mdan 4,6 mlrd. so‘m (55,6%), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2,3 mlrd. so‘mdan 1,2 mlrd. so‘m (54,7%) soliq to‘lovlari 15 oktyabrgacha amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Shu o‘rinda barcha fuqarolarimizni konstitutsion burchlarini bajarishi lozimligini eslatib o‘tamiz.
Shu o‘rinda barcha fuqarolarimizga konstitutsion burchlarini o‘z vaqtida bajarishi lozimligini eslatib o‘tamiz.
SAVOL: 15-oktabrgacha mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashim kerakligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. To‘lovni soliq idorasi yoki bank bo‘limlariga bormasdan, uydan turib to‘lasam bo‘ladimi?
JAVOB: Ha, Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasida soliqlarni masofadan to‘lash imkoniyati yaratilgan. Buning uchun ilovadan “soliqlarni to‘lash” bo‘limi tanlanadi. Ochilgan oynaga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning egaligidagi mol-mulk va yer solig‘i summalari avtomatik aks etadi. Soliq to‘lovchi ilovaga biriktirilgan bank kartasi orqali to‘lovni qisman yoki to‘liq amalga oshirishi mumkin.
SAVOL: 2-guruh nogironiman. Egaligimda 97 kv.m uy-joyim bor. Men uyim uchun to‘laydigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalana olamanmi?
JAVOB: Ha foydalana olasiz. 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining, pensionerlarning hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan. Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
SAVOL: Uyimga talabalarni ijaraga qo‘yganman. Ijaradan olayotgan daromadimdan qancha soliq to‘lashim kerak? Ijara shartnomalarini rasmiylashtirish uchun nima qilishim kerak? Shu haqida maʼlumot berish so‘ralgan.
JAVOB: Uy joylarini talabaga ijaraga berganlar soliq to‘lamaydi. Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Eslatib o‘tamiz, ijara shartnomalari 2 xil usulda ijara.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib ochilgan oynadan “talablar ijarasi” bo‘limidan yoki “Soliq” mobil ilovasi orqali "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali tez va oson rasmiylashtiriladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Ular ilovada Face ID yoki telefon raqamiga kelgan SMS orqali ijara shartnomalari tasdiqlashi mumkin.
SAVOL: Farzandimning xususiy bog‘chada taʼlimi uchun har oyda oylik maoshimdan 2,5 million so‘m miqdorida mablag‘ to‘layman. Eshitishimcha nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilingan ekan. Shu to‘g‘rimi?
JAVOB: Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki maktabda taʼlim pullik hisoblanadi.Ota-onaning har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan. Ota ona mazkur imtiyozdan o‘z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab taʼlim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lovga shartnoma taqdim etgan holda yoki soliq xizmatiga yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya va hujjatlarni my.soliq.uz sayti orqali masofadan turib elektron yuborish imkoniyati yaratilgan.
SAVOL: Ikkita farzandim kontraktda o‘qiydi. Biri 25 yosh, biri 28 yosh. Ularni o‘qishi uchun to‘langan kontrakt pulidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olsam bo‘ladimi?
JAVOB: Soliq kodeksining 378-moddasiga binoan, jismoniy shaxslarning O‘zbekiston professional va oliy taʼlim tashkilotlariga o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining taʼlim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun olingan taʼlim kreditlarini qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi. Mazkur imtiyozdan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron ravishda topshirgan holda foydalanish mumkin.