Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarni mol-mulk va yer soliqlarini to'lash to'g'risida xabardor qiladi.
Toʻlov xabarnomalari jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlsa), SMS-xabarnoma koʻrinishida, shuningdek, “Soliq” mobil ilovasiga yuboriladi.
“Soliq” mobil ilovasining “Kabinet” bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- soliq qarzi;
- qaytarilishi lozim bo'lgan ortiqcha to'langan soliq summalari;
- mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha joriy yil uchun hisob-kitoblar.
Soliq mobil ilovasi orqali ("Kabinet" – "Soliqlarni to'lash") jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) kiritish orqali soliqlarni to‘lash mumkin.
Toʻlov amalga oshirilgach, qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma'lumotnoma va kvitansiyani yuklab olish mumkin.
Soliq kodeksining 423 - va 440 - moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi