Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Xususan, Soliq kodeksining 127-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.
Endilikda adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi.