2023-yil 27-noyabr kuni Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini, xususan, IBM Cognos Analytics tizimini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida soliq xizmati organlarida shakllangan maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, hisobot shakllarini yaratish, biznes jarayonlarni modellashtirish orqali qarorlarni qabul qilish bo‘yicha soliq sohasi vakillarining ko‘nikmasini oshirishga kelishib olindi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti