2024-yil yanvar-iyun oylarida 65 983 ta kichik biznes korxonasi tomonidan 7,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Ularning jami tovar aylanmasi 80,6 trln so‘mdan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 2,3 trln so‘mdan oshgan.
55 mlrd so‘m soliq to‘lagan TOP-20 kichik korxonalar infografikada. Tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️aksiz solig'i - 22,3 mlrd so‘m;
▫️QQS – 15 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 8,4 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 3,9 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 2,6 mlrd so‘m;
▫️boshqalar - 2,7 mlrd so‘m.
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi