“Mahalla budjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ–458-son, 26.12.2022-y.)
Mazkur qarorga muvofiq, 01.01.2023-yildan:
tumanlarida huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Mazkur tizim doirasida mahallalar tomonidan jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi va yer soliqlarini aholining soliq toʻlash savodxonligini oshirish orqali undirishga koʻmaklashiladi.
Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 %i hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli Jamgʻarmalarga yoʻnaltiriladi.
01.03.2023-yilgacha mahallalarga mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan, toʻlangan mablagʻlar va soliq qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratiladi.