Марказий аппарат
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi hisoboti yilda 1-marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan* kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
Bunda soliq hisoboti ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqib to‘ldiriladi.
Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliqni hisoblash maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi 1 kv. m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas.
QQS va AOS toʻlovchilari uchun 2024-yil boʻyicha 10403_14-sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.
Barcha turdagi ko'chmas mulklarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz portali "Alohida soliq stavkalari qo'llaniladigan ko'chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari" xizmatining 6-bo'limidan shakllanadi.
Mol-mulk soligʻi hisoboti va ma’lumotnoma shakllarini toʻldirishda soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Moʻljallanayotgan soliq bazasi (oʻrtacha yillik qoldiq qiymat), soliq imtiyozi va baholash natijalarini soliq hisobotida aks ettirish
Eslatma! Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10%dan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
*2025-yil 1-mart dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 3-martga ko‘chiriladi.
Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!