2022-yil 13-iyul sanasida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-sonli Qonuni quchga kirdi.
Mazkur Qonunga asosan, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
Ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.
Avvalroq, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari faqat 3 turdagi soliqlardan:
Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investisiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi.
Biroq ushbu qoida Soliq kodeksi 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.