Территориальные
органы

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etildi

15/07/2022

2022-yil 13-iyul sanasida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-sonli Qonuni quchga kirdi.

O‘RQ-783-son 12.07.2022-yil

Mazkur Qonunga asosan, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

  • 3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
  • 5 mln AQSh dollaridan 15 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
  • 15 mln AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.

Soliq kodeksning 473-modda

Ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.

Soliq kodeksning 474-modda

Avvalroq, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari faqat 3 turdagi soliqlardan: 

  • mol-mulk, 
  • yer solig‘i,
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilgan edi.

Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investisiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi.

Biroq ushbu qoida Soliq kodeksi 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Soliq kodeksning 483-modda

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение