Ҳудудий
органлар

Солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 ишонч телефони
    (71) 244-98-98 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • org@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Андижон вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 ишонч телефони
    (74) 223-95-23 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • andijon@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Бухоро вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 ишонч телефони
    (65) 221-26-89 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • buxoro@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Жиззах вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • 72 222-07-00 ишонч телефони
    72 222-07-00 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Jizzax@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қашқадарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 ишонч телефони
    (75) 225-10-82 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Навоий вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 ишонч телефони
    (79) 223-53-71 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Navoiy@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Наманган вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy
  • (69) 227-91-96 ишонч телефони
    (69) 227-91-96 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Namangan@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Самарқанд вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • 55 704-06-16 ишонч телефони
    55 704-06-16 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Samarqand@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сурхондарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-223-50-74 ишонч телефони
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Surxondaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сирдарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 ишонч телефони
    (67) 235-03-42 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • sirdaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент шаҳар

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 ишонч телефони
    (71) 244-54-86 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 ишонч телефони
    (78) 150-49-56 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Фарғона вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 ишонч телефони
    (73) 241-70-61 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • fargona@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Хоразм вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 ишонч телефони
    (62) 223-10-10 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • xorazm@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қорақалпоғистон Респ.

Солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 ишонч телефони
    (61) 222-00-33 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Ҳудудлараро инспекцияси

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳри, Хадра мавзеси, Алишер Навоий кўчаси, 16-Б
  • 71 202-21-04 ишонч телефони
    71 202-21-04 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • mri@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

“Mening holatimni tekshirish” oynasida aniqlangan kamchiliklar qanday bartaraf etiladi?

20/09/2021

 Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan mazkur interaktiv xizmat yordamida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish qo‘llanmasi tayyorlandi.

 Unda soliq xavfining yuqori darajasiga kiritilgan mezonlar va ularni bartaraf etish choralari batafsil aks ettirilgan. 


“Mening holatimni tekshirish” interaktiv xizmati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha

QO‘LLANMA

 

- soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchi;

- soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchi.

- belgi qo‘yilmagan mezon bo‘yicha xavf darajasini aniqlash yuzasidan avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Soliq xavfining yuqori darajasiga ajratilgan soliq to‘lovchilarning QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etgan arizasi rad qilinishi yoki mavjud QQS guvohnomalar ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi belgilanmoqda.

Quyidagi holatlarning loaqal bittasi aniqlanganda soliq to‘lovchilar soliq xavfining yuqori darajasiga ajratiladi va ushbu belgi qo‘yiladi.

1.       Rahbarning yoki rahbarlik vazifalarini yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmasa, yoxud arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining my.mehnat.uz sayti orqali yuridik shaxsning rahbari yoki buxgalteri bilan tuzilgan mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

2. Ta’sischi to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda;

Davlat xizmatlari agentligining filiallariga tashrif buyurgan holda yuridik shaxsning ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini to‘g‘rilash mumkin. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga ushbu ma’lumotlarni taqdim etish orqali ham kamchiliklarni to‘g‘rilash mumkin.

3. Soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganda;

Yuridik shaxs xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga yoki kadastr agentligining hududiy bo‘limlariga ko‘chmas mulki to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etish orqali ma’lumotlarni to‘g‘rilash mumkin.

4. O‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki bo‘lmaganda;

Yuridik shaxs xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha tuzilgan ijara shartnomasi hujjatlarni taqdim etish va EHF rasmiylashtirilishi orqali ma’lumotlarni to‘g‘rilash mumkin.

5. Soliq to‘lovchining manzili manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bazasida mavjud bo‘lmaganda;

Ushbu mezon bo‘yicha avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

6. Soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelganda;

Ushbu mezon bo‘yicha avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bir nechta yuridik shaxslar bir manzilda 18 kv.mdan kam bo‘lmagan obyektda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim.

7. Elektron hisob-varaq fakturalar ma’lumoti asosida soliq to‘lovchining kirim va chiqim operatsiyalarida tovarlar nomutanosibligi aniqlanganda;

Soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar kirim va chiqim hujjatlari  xizmat ko‘rsatuvchi soliq organiga taqdim etish orqali o‘rganib chiqiladi va soliq organi xulosasi bilan kamchilik bartaraf etiladi.

8. Soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;

Qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha hisobotlar taqdim etish muddati o‘tib ketgan davrlar uchun hisob-kitoblarni taqdim etish orqali bartaraf etiladi.

9. Ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, shuningdek, ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan ta’sischilarining boshqa yuridik shaxslarida soliq qarzi mavjud bo‘lganda;

Soliq to‘lovchi yoki uning ta’sischilari tashkil etgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan qarzdorlikni budjetga to‘lash orqali bartaraf etiladi.

10. Soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori bo‘lgan korxona qo‘shilganda;

Soliq to‘lovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan qarzdorlikni budjetga to‘lash orqali bartaraf etiladi.

11. Korxona rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa korxonada rahbar bo‘lib, ushbu korxonada soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlarini taqdim etmaganda;

Rahbarning boshqa korxonalari tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘lanmagan qarzdorligini budjetga to‘lash va soliq hisobotlarini taqdim etish orqali bartaraf etiladi.

12. Muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan
va muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik amalga oshirilganda (mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lganda inobatga olinadi);

Muqaddam rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan tashkilotda Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyatlarini bajarish orqali bartaraf qilinadi. (Soliq qarzini to‘lash, soliq hisobotlarini taqdim etish va hokazo.)

13. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik amalga oshirilganda (mazkur talab ta’sischi ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lganda inobatga olinadi).

Muqaddam rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan tashkilotda Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyatlarini bajarish orqali bartaraf qilinadi. (Soliq qarzini to‘lash, soliq hisobotlarini taqdim etish va hokazo.)

Mazkur xizmatdan foydalanish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan savollar tug‘ilganda ushbu ro‘yxatdagi mas'ul xodimlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил I чорагида Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг