Территориальные
органы

Murojaatlar bilan ishlash soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning muhim omili

07/09/2021

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bois, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sohaga oid bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.  

Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushayotgan har bir murojaat ichki hujjat aylanish tizimi orqali rahbariyat nazorati ostida tegishli tuzilmalarga yo‘naltiriladi. Bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilanadi.

Murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular shakli va turidan qatʼi nazar, bir xilda qonuniylik, byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda faoliyat shaffofligi kabi prinsiplar asosida qonunchilikda belgilangan muddatlarda (o‘n besh kun ichida) ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda bu muddat bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni 23 462 tani tashkil etmoqda. Shundan 1 572 tasi yozma, 19 182 tasi elektron va 2 708 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.


Hozirgi kungacha jami kelib tushgan murojaatlarning 23 265 tasi to‘liq nazoratga olinib, 15 611 ta holatda murojaatchilarga tegishli tushuntirishlar berildi. 6 391 ta murojaat bo‘yicha aniq choralar ko‘rilgan bo‘lsa, asoslantiruvchi faktlari bo‘lmagan 320 ta ariza tegishli tartibda rad etildi. Ayni paytda yana 943 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan 197 ta murojaat tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.  

Maʼlumot uchun, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari Davlat soliq xizmati organlarining Call-markazi – 1198, ishonch telefoni – 71-244-98-98 bo‘yicha qabul qilinmoqda. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining Telegram ijtimoiy tarmog‘i va Facebook messenjeridagi “Tadbirkor va Soliqchi” guruhida ham tadbirkorlar duch kelayotgan masalalar uzog‘i bilan bir ish kunida hal etilmoqda.

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение