Agar ishlab chiqaruvchi tovarni “dona” o‘lchov birligiga ega va kamroq sig‘imdagi qadoqda shakllantirish imkonini bermaydigan identifikasiyalovchi MXIK (oxirgi 6 ta raqami – nollar emas) bilan katta sig‘imdagi iste’mol qadog‘ida sotsa, tovarni qanday qilib tortib sotish mumkin?
“Yangi texnologiyalar” IAMning Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar yagona elektron katalogini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Orifjon Abdurahmonov izohi:
– Zoodo‘kon ishlab chiqaruvchidan uy hayvonlari uchun 15, 20 yoki 25 kg dan firma qadog‘iga qadoqlangan ozuqani xarid qiladi, deb faraz qilaylik. Lekin xaridorlar butun qadoqni kam hollarda olishadi, odatda og‘irligi bo‘yicha sotib olishadi.
Misol uchun, “MXIK 02309001001012001 – Ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari (barcha turdagi) Dog Chow itlar uchun tovuqli, 14 kg” ozuqa mavjud. MXIKga dona o‘lchov birligi biriktirilgan, sababi tovar 14 kg li iste’mol qadog‘ida sotiladi va shtrix-kodga ega. Do‘kon tasnif.soliq.uzda 500 va 1 000 g dan tovar qadog‘ini yaratib, vazifani hal qilishga harakat qildi. Ammo tizim mazkur MXIK uchun faqat tashqi va tashish qadog‘ini shakllantirish mumkin degan xabar chiqardi.
Ya’ni dastur mavjud qadoqlarni ancha yiriklariga birlashtirgan holda yiriklashishga imkon beradi. Masalan – 5, 10 va hokazodan iborat bloklarni shakllantirish mumkin. Bu tovar avvalboshdan 14 kg li iste’mol qadog‘iga egaligi tufayli shunday sodir bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Eng avvalo, MXIK 02309001001012001 MXIK o‘z shtrix-kodiga ega bo‘lgan barcha tovarlarga berilgan maqbullashtirishga qadar joriy etilganligiga e’tibor bering. Ammo hozir qoidalar o‘zgardi: identifikasiyalovchi MXIK faqat majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga berilmoqda. Barcha qolganlar oltita nol bilan tugaydigan bazaviy MXIK oladi.
Bazaviy MXIK bilan ishlab chiqaruvchida hamda do‘konda bunday muammolar yuzaga kelmaydi. Ishlab chiqaruvchi 14 kg li iste’mol qadog‘ini shakllantirish va tovarni shunday tarzda sotishga haqlidir. Do‘kon esa biriktirilgan o‘lchov birliklari orasida grammni hamda kilogrammni topadi. Qadoqni ochib, tortib sotishi mumkin.
Agar ishlab chiqaruvchi tovarni identifikasiyalovchi MXIK bilan sotgan bo‘lsa
Agar klassifikatorda mazkur tovarga identifikasiyalovchi hamda bazaviy MXIK mavjud bo‘lsa – siz ularning istalganidan foydalanishingiz mumkin.
Do‘kon xuddi shu ozuqani bazaviy MXIK “Ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari (barcha turdagi)” bilan sotishga haqlidir. Mazkur MXIK “gramm” va “kilogramm” biriktirilgan o‘lchov birliklariga ega.
Manba: buxgalter.uz