Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Navoiy viloyatida choʻl va “safari” turizmi yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda.
PQ-430-son, 2024-yil 12-dekabr
Mazkur qaror bilan Navoiy viloyatida choʻl va “safari” turizmi yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining takliflariga asosan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori 2-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) uchun 2037-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilmoqda.
Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi