O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 1-iyuldagi PQ-302-son qarori bilan nodavlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Mazkur qarorda nodavlat sport-ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga asosan ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Qaysi tashkilotlar imtiyozlardan foydalanishlari mumkin?
Quyidagi sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi sport-ta’lim muassasalari imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega (SK 59-m.):
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlarga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy sohadagi tashkilotlar uchun Soliq kodeksida qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?
Ijtimoiy sohadagi tashkilotlar uchun 0 foizlik foyda solig‘i stavkasi nazarda tutilgan (SK 337-m.). Imtiyoz qo‘llanilmaganda, tashkilot soliqqa tortiladigan foydaning 15 foizini to‘lagan bo‘lar edi.
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash shartlari:
Tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlar tekin olingan mol-mulkni hisobga olgan holda jami yillik daromadning kamida 90 foizini tashkil etishi kerak.
Imtiyozli xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlarning umumiy daromaddagi belgilangan ulushiga rioya qilinmagan taqdirda imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Nol stavkaning qo‘llanilishi soliq to‘lovchini qo‘llash soliq to‘lovchini foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirishdan ozod etmaydi.
Masalan, sport-ta’lim muassasasining hisobot davridagi soliqqa tortiladigan foydasi 100 mln. so‘mni tashkil etadi. Imtiyozdan foydalanmaganda foyda solig‘ini 15 foiz stavkada, ya’ni 100 x 15% = 15 mln. so‘m to‘lagan bo‘lar edi.
Imtiyoz qo‘llanilganda ushbu summa tashkilot ixtiyorida qoladi.
Sport-ta’lim muassasalari quyidagi imtiyozlardan ham foydalanishlari mumkin:
QQS bo‘yicha imtiyozni qanday qo‘llash kerak?
Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aylanma QQSga tortilmaydi (SK 243-m. 10-b.).
Imtiyoz nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi (14.07.2021-y. O‘RQ-701, 1-ilova, 1-b.).
Eslatma: QQS stavkasi 15 foiz.
Soliq solinadigan va QQSdan ozod qilingan aylanmalarni amalga oshirishda aylanmalarning alohida hisobi yuritilishi kerak. Tashkilot hisobga olish shartlarini hisobga olgan holda sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliqni hisobga olish yo‘li bilan soliqning umumiy summasini kamaytirishga haqli (SK 266-m.). Bunda soliq solinadigan aylanmaga to‘g‘ri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi (SK 268-m.).
U alohida-alohida hisobga olish usuli yoki mutanosib usul bilan aniqlanadi.
Masalan, sport-ta’lim muassasasi hisobot davrida quyidagi aylanmalarga ega:
Hisobot davrida sotib olingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymati 69 mln. soʻmni, shu jumladan QQS 9 mln. soʻmni tashkil etadi. Tashkilot hisobga olinadigan QQS summasini aniqlashning mutanosib usulini qo‘llaydi.
Tashkilot QQSni faqat sport tadbirlari narxidan undiradi.
Soliq tashkil qiladigan summa: 200 x 15% = 30 mln. so‘m.
Sport tadbirlari xarajatlariga hisoblangan QQS summasi: 9 : (100 + 200) x 200 = 6 mln. so‘m.
Tashkilot budjetga to‘laydi: 30 - 6 = 24 mln. so‘m.
Ta’lim xizmatlari uchun QQSdan ozod qilinmagan taqdirda, tashkilot QQSni (100 + 200) x 15% - 9 = 36 mln. so‘m miqdorida, ya’ni 12 mln. so‘m (36 - 24) ko‘proq to‘lagan bo‘lar edi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qanday qo‘llaniladi?
Ta’lim, jismoniy tarbiya va sport obyektlari mol-mulk solig‘iga tortilmaydi (SK 414-m.). Soliq solinadigan va soliqqa tortilmaydigan mol-mulk mavjud bo‘lganda soliq solinadigan baza ularni alohida-alohida hisobga olish asosida aniqlanadi (SK 413-m.).
Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5 foizni tashkil qiladi.
Masalan, sport-ta’lim muassasasi ko‘chmas mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati 10 000 mln. so‘mni tashkil etadi. Biroq u belgilangan minimal qiymatdan past emas.
Ko‘chmas mulkka o‘rtacha yillik qoldiq qiymati 7 000 mln. so‘m bo‘lgan sport inshootlari va o‘quv binolari kiradi.
Imtiyoz qo‘llanilmaganda mol-mulk solig‘i: 10 000 x 1,5% = 150 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lar edi.
Imtiyoz qo‘llanilganda mol-mulk solig‘i faqat 3 000 mln. so‘m (10 000 - 7 000) miqdoridan to‘lanadi va: 3 000 x 1,5% = 45 mln. so‘m bo‘ladi.
105 mln. so‘m (150 - 45) tashkilot ixtiyorida qoladi.
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qanday qo‘llaniladi?
Ta’lim muassasalari, sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari egallagan yerlarga yuridik shaхslardan olinadigan yer solig‘i solinmaydi (SK 428-m).
Masalan, Toshkent shahrining 5-zonasida joylashgan sport-taʼlim muassasasi 1,5 gektar yer maydoni ega. Shundan 1 gektar maydonini sport kompleksi va o‘quv binosi egallagan.
1 gektar uchun yer solig'i – 57,15 mln. so‘m.
Imtiyoz qo‘llanilmaganda yer solig‘i – 85,725 mln. so‘mni (57,15 х 1,5) tashkil etgan bo‘lar edi.
Imtiyoz qo‘llanilganda yer solig‘i faqat 0,5 gektar (1,5 – 1) yer maydoniga to‘lanadi va
57,15 х 0,5 = 28,575 mln. so‘mni tashkil qiladi.
57,15 mln. so‘m (85,725 – 28,575) tashkilot ixtiyorida qoladi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati