Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab‑quvvatlash hamda ular tomondan o‘z faoliyatlarini yuritishda qo‘shimcha afzallik va qulayliklar yaratish maqsadida, bir qator salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning fevral oyidan onlayn-NKM va virtual kassalardan qabul qilingan onlayn chek ma’lumotlari asosida aylanma solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlaridagi imtiyoz ma’lumotlarini avtomatik shakllantirish mexanizmi joriy qilindi.
Shuningdek soliq hisobotlarida tahrirlangan chek ma’lumotlari har 24 soat davomida yangilanib kelinmoqda.
Ushbu jarayonlarni tezlashtirish, ko‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida tahrirlangan chek ma’lumotlarini hisobotga yuborish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida Yangilash va hisobotga yuborish mexanizmi yaratildi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun:
1. my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limiga kiriladi.2. “Imtiyozlar” bo‘limi (menyusi)ga o‘tiladi.
3. Ushbu bo‘limning pastki qismidagi “Yangilash” tugmasi bosiladi.
3.1 Shundan so‘ng monitorda paydo bo‘lgan “ma’lumotlarni yangilash” oynasida yil va oy tanlanadi hamda yangilash tugmasi bosiladi.
4. Tahrirlash uchun taqdim etilgan chek ma’lumotlari DSQ yoki DSB tomonidan qabul qilinganda ushbu chek ma’lumotlari soliq hisobotlarida 24 soat ichida yangilanadi.
5. Chek ma’lumotlari o‘zgartirilgandan so‘ng “Cheklar bo‘yicha hisobot” menyusida “Yangilash” tugmasi orqali, cheklar bo‘yicha hisobot ma’lumotlari o‘sha davr uchun yangilanishi lozim.
6. MXIK imtiyoz turlari muvofaqqiyatli yangilangandan so‘ng “Soliq hisobotlari” menyusida “Imtiyoz turlari kodi, summasi batafsil ma’lumoti avtomat aks ettiriladi”.