Территориальные
органы

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'i to'lamaydi

13/09/2023

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.

O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi? 

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan. 

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi. 

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi. 

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi? 

Ota (ona) imtiyozni:

  • ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
  • soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin. 

Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение