Soliq qoʻmitasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati va unda belgilangan dolzarb vazifalar, shuningdek, 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring olib borish va jamoatchilik nazoratini tashkil etish boʻyicha seminar tashkil etildi.
Seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va unda belgilangan vazafalar mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yana bir bor eslatdi. 2030-yilgacha rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari, har bir jabhada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Strategiyaga muvofiq joriy yilda amalga oshiriladigan islohotlarda davlat idoralari bilan bir qatorda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham zarur ekanligi qayd etildi. Shuningdek, maqsad va vazifalarni aholiga oʻz vaqtida tushuntirib borish xususida ham fikr almashildi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan soliq sohasiga oid 4 ta ustuvor vazifa ijrosi boʻyicha barcha zarur chora-tabdirlar olib borilmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosi ustidan olib borilayotgan monitoring natijalari tahlil qilinib, keyingi istiqbol rejalarni belgilanmoqda.
Strategik rejalashtirish boshqarmasi