Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston soliq organlari delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.
Tashrif davomida Sh.Kudbiyev va Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov soliq sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Oʻtgan 4 yil davomida (2019-2022-yy) Oʻzbekistonda soliq maʼmuriyatchiligini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma texnik koʻmak loyihasi doirasida koʻplab amaliy choralar ko‘rildi.
Shu vaqt ichida nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish, QQS ma’muriyatchiligi va EHFni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va nazorat qilish bo‘yicha ishlar bajarildi. Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini hisoblash IT infratuzilmasi bilan jihozlash yakunlandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal soliq xizmatining raqamli texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishdi, shuningdek, “Rossiya” xalqaro koʻrgazma-forumiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yaqin 2 yil ichida Soliq qo‘mitasi va Rossiya Federal soliq xizmati xodimlarini o‘qitish va tajriba almashish yuzasidan qator tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni kelishib oldi.