O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 101,9 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
Toʻlangan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI