Территориальные
органы

Налоговый комитет

Центральный аппарат

...
  • г.Ташкент, ул.А.Кадирий дом 13а
  • (71) 244-98-98 Телефон доверия
    (71) 244-98-98 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • org@soliq.uz
Перейти на страницу

Андижанская область

Налоговое управление

...
  • город Андижан, улица Олтинкул, дом 1
  • (74) 223-95-23 Телефон доверия
    (74) 223-95-23 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • andijon@soliq.uz
Перейти на страницу

Бухарская область

Налоговое управление

...
  • город Бухара, улица М.Икбол, дом 14
  • (65) 221-26-89 Телефон доверия
    (65) 221-26-89 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • buxoro@soliq.uz
Перейти на страницу

Джизакская область

Налоговое управление

...
  • город Джиззак, улица Ш.Рашидова, дом 16
  • 72 222-07-00 Телефон доверия
    72 222-07-00 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Jizzax@soliq.uz
Перейти на страницу

Кашкадарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Карши, улица Узбекистон, дом 805
  • (75) 225-10-82 Телефон доверия
    (75) 225-10-82 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Навоийская область

Налоговое управление

...
  • город Наваи, улица Наваи, дом 26-б
  • (79) 223-53-71 Телефон доверия
    (79) 223-53-71 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Navoiy@soliq.uz
Перейти на страницу

Наманганская область

Налоговое управление

...
  • город Наманган, улица Марғилон, дом 14
  • (69) 227-91-96 Телефон доверия
    (69) 227-91-96 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Namangan@soliq.uz
Перейти на страницу

Самаркандская область

Налоговое управление

...
  • город Самарканд, улица Ю.Гагарина, дом 85 А
  • 55 704-06-16 Телефон доверия
    55 704-06-16 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Samarqand@soliq.uz
Перейти на страницу

Сурхандарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Термез, улица М.Каххара, дом 23
  • (0-376)-223-50-74 Телефон доверия
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Surxondaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

Сырдарьинская область

Налоговое управление

...
  • город Гулистан, улица Ислом Каримов, дом 41
  • (67) 235-03-42 Телефон доверия
    (67) 235-03-42 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • sirdaryo@soliq.uz
Перейти на страницу

город Ташкент

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Шайхонтохурский район, улица Абая, дом 4 А
  • (71) 244-54-86 Телефон доверия
    (71) 244-54-86 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent@soliq.uz
Перейти на страницу

Ташкентская область

Налоговое управление

...
  • город Ташкент, Яккасарайский район, улица Бобура, дом 79-а
  • (78) 150-49-56 Телефон доверия
    (78) 150-49-56 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Перейти на страницу

Ферганская область

Налоговое управление

...
  • город Фергана, улица Сайилгох, дом 31
  • (73) 241-70-61 Телефон доверия
    (73) 241-70-61 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • fargona@soliq.uz
Перейти на страницу

Хорезмская область

Налоговое управление

...
  • город Ургенч, Ислом Каримов, дом 124.
  • (62) 223-10-10 Телефон доверия
    (62) 223-10-10 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • xorazm@soliq.uz
Перейти на страницу

Респ. Каракалпакстан

Налоговое управление

...
  • город Нукус, улица Т.Кайпбергенов, дом 23
  • (61) 222-00-33 Телефон доверия
    (61) 222-00-33 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Перейти на страницу

Межрегиональная инспекция

Налоговое управление

...
  • г. Ташкент, ул. Алишер Навоий, дом 16-Б
  • 71 202-21-04 Телефон доверия
    71 202-21-04 Факс
  • Расписание : 9:00 - 18:00
    Обед : 13:00 - 14:00
    Выходные: Суббота, Воскресенье
  • mri@soliq.uz
Перейти на страницу

Prezident va tadbirkorlar ochiq muloqoti

18/08/2023

Bugun, 18 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Prezident sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

“Sizdek shijoatli, ishbilarmon, tashabbuskor va fidoyi tadbirkorlarimiz safi karra-karra kengayishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.

Shu bois biz tadbirkorlarga soliq yukini koʻpaytirish emas, balki ularni qoʻllab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish hisobiga byudjetga tushumlarni oshirish yoʻlidan borayapmiz.

Oʻtkazilgan soʻrovlarda 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan”, - dedi davlatimiz rahbari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, soliq idoralari xodimlarining yondashuvlari butunlay oʻzgartirilishi taʼkidlandi. Soliq maʼmurchiligi ham soddalashadi.

Hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq boʻlib, intizomli soliq toʻlovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan boʻlsa, uning uchun ham javob bermoqda.

Endilikda, 1-oktabrdan boshlab, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti, yaʼni “tax gap” bekor qilinadi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi joriy qilinadi.

Bunda, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

- barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;

- ularga qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;

- qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini vaqtinchalik toʻxtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

Prezident kameral nazorati boʻyicha ham tanqidiy fikrlarini bildirib oʻtdi.

 Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi.

Shuningdek, alohida ochiq-oshkora platforma yaratilib, soliqchilar koʻrsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning oʻzi baho beradigan tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida maʼmuriy jarima qoʻllanmoqda. Bunday amaliyot bekor qilinishi taʼkidlandi.

Tadbirkorlarga qoʻllanayotgan jarimalar ular faoliyatining toʻxtab qolishiga sabab boʻlmasligi zarurligi qayd etildi. Shu nuqtai-nazardan uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta koʻrib chiqilib, adolatli meʼyorlar belgilanadi.

Tadbirkorning soliq idoralari bilan boʻladigan barcha nizolari maʼmuriy sud vakolatiga oʻtkaziladi.  Shuningdek, tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

Soliq boʻyicha tadbirkorlarga nisbatan daʼvo kiritish muddati hozirgi 5 yildan 3 yilga tushiriladi. 

Bundan tashqari, soliq yoki kredit qarzini undirish boʻyicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash toʻxtatiladi.

Hozirgi kunda tadbirkorlar 140 dan ortiq hisobot doirasida 8 mingga yaqin koʻrsatkichlarni 16 ta davlat idorasiga topshirishga majbur. Oqibatda 500 ming tadbirkor har yili bunday turli hisobotlarni tayyorlashga 300 milliard soʻm sarflamoqda.

Shu bois 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

- bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi;

- barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyilib, ularning qogʻoz shakli bekor qilinadi (hozirda 15 foiz hisobotlar qogʻozda topshiriladi).

 

Prezidentimiz tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi.

Soʻnggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.

“Xalqimizda “qars ikki qoʻldan chiqadi”, degan gap bor.

Hozirgi kunda mamlakatimizda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz toʻgʻri ishlayotgan, ish oʻrni yaratayotgan, ilgʻor texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni oʻzlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz.

Lekin soliqlardan qochib, oʻzining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz boʻlamiz.

Shu bois tadbirkorlarimiz oʻzlari ham bosh boʻlib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida boʻlishiga yoʻl qoʻymasa, oʻylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz”, - dedi davlatimiz rahbari.

Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson boʻlmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, soʻzida ham, ishida ham qatʼiy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, koʻzlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер в I квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение