Ҳудудий
органлар

Солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 ишонч телефони
    (71) 244-98-98 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • org@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Андижон вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 ишонч телефони
    (74) 223-95-23 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • andijon@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Бухоро вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 ишонч телефони
    (65) 221-26-89 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • buxoro@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Жиззах вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • 72 222-07-00 ишонч телефони
    72 222-07-00 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Jizzax@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қашқадарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 ишонч телефони
    (75) 225-10-82 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Навоий вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 ишонч телефони
    (79) 223-53-71 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Navoiy@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Наманган вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy
  • (69) 227-91-96 ишонч телефони
    (69) 227-91-96 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Namangan@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Самарқанд вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • 55 704-06-16 ишонч телефони
    55 704-06-16 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Samarqand@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сурхондарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-223-50-74 ишонч телефони
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Surxondaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сирдарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 ишонч телефони
    (67) 235-03-42 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • sirdaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент шаҳар

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 ишонч телефони
    (71) 244-54-86 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 ишонч телефони
    (78) 150-49-56 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Фарғона вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 ишонч телефони
    (73) 241-70-61 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • fargona@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Хоразм вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 ишонч телефони
    (62) 223-10-10 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • xorazm@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қорақалпоғистон Респ.

Солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 ишонч телефони
    (61) 222-00-33 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Ҳудудлараро инспекцияси

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳри, Хадра мавзеси, Алишер Навоий кўчаси, 16-Б
  • 71 202-21-04 ишонч телефони
    71 202-21-04 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • mri@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

QQS, soliq tekshiruvlari va da'vo muddatlarining o‘zgarishi haqida batafsil sharh

06/09/2023

Joriy yilning  4-sentabr  kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar belgilanmoqda:

1.Qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish)da soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash (tax gap) amaliyoti taqiqlanmoqda.

Soliq uzilishi koeffitsiyenti (Tax gap) qoʻshilgan qiymat soligʻi salbiy farq summasini noqonuniy qoplash holatlarining oldini olish, soliq toʻlovchilarni xavf darajasini belgilash hamda kontragentlarini tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish maqsadida amaliyotda qoʻllanilib kelingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqoti doirasida tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar asosida, QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti bekor qilinishi belgilandi.

2.Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilinmoqda. (Amalga oshirilayotgan bitimlar(opersiyalar)  xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlar bundan mustasno). 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabridagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga asosan quyidagi holatlarning loaqal bittasi aniqlanganda soliq toʻlovchilarning qoʻshilgan qiymat soligʻi guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilar edi:

1. Rahbarning yoki rahbarlik vazifalarini yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmasa, yoxud arizada koʻrsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;

2. Taʼsischi toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmaganda;

3. Soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda mavjud boʻlmaganda;

4. Oʻz koʻchmas mulkiga ega boʻlmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulki boʻlmaganda;

5. Soliq toʻlovchining manzili manzil-maʼlumot byurosi maʼlumotlari bazasida mavjud boʻlmaganda;

6. Soliq toʻlovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan toʻgʻri kelganda;

(Bir nechta yuridik shaxslarning bir manzilda har biri 18 kv.mdan kam boʻlmagan obyektda faoliyat yuritayotgan boʻlishi lozim.)

7. Elektron hisob-varaq fakturalar maʼlumoti asosida soliq toʻlovchining kirim va chiqim operatsiyalarida tovarlar nomutanosibligi aniqlanganda;

8. Soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;

9. Ariza taqdim etilgan paytda soliq toʻlovchining soliq qarzi mavjud boʻlganda, shuningdek, ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan taʼsischilarining boshqa yuridik shaxslarida soliq qarzi mavjud boʻlganda;

10. Soliq toʻlovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori boʻlgan korxona qoʻshilganda;

11. Murojaat etuvchi korxonaning rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa korxonada rahbar boʻlib, ushbu korxonada soliq qarzi mavjud boʻlganda yoxud soliq hisobotlarini taqdim etmaganda;

12. Muqaddam bankrot deb eʼlon qilingan tashkilotda rahbar yoki taʼsischi boʻlgan va muqaddam soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik uchun rahbar yoki taʼsischi sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik amalga oshirilganda (mazkur talab taʼsischi ulushi 50 % va undan ortiq boʻlganda inobatga olinadi);

13. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub boʻlgan va soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki taʼsischi tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik amalga oshirilganda (mazkur talab taʼsischi ulushi 50 % va undan ortiq boʻlganda inobatga olinadi).

Endidikda faqat bitta holatda xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi nomuvofiq boʻlgan holatlarda, ya'ni "tovarsiz operatsiyalar" deb ataladigan soxta bitmlarni amalga oshirishda QQS guvohnomasining amal qilish muddati toʻxtatib turilishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilinadi.

3.Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard soʻmdan 10 millard soʻmga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 340-moddasiga asosan jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar oldingi chorakning soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻi summasining uchdan biriga teng miqdorda har oylik boʻnak toʻlovlarini oyning 23-kunidan kechiktirmay toʻlar edi. Endilikda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda toʻlanadi. 

4. Iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 2-moddasiga asosan iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisoblangan soliqlari, moliyaviy jarimalari, byudjet oldidagi qarzdorlikni hisoblash, majburiy undirish choralari, toʻlovga qobiliyatsizliklar boʻyicha yuzaga keladigan nizoli holatlar, buzilgan, yoki nizolashayotgan huquqlarini himoya qilish yuzasidan daʼvolar Iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqilar edi.

Endilikda 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan boʻldi. Soliq majburiyatlari boʻyicha daʻvo muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartiriladi.

5. Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish taqiqlanadi. (QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga asosan kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi. (Soliq toʻlovchining hududlarini va binolarini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.)

Hududlarni va binolarni koʻzdan kechirish soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida aks ettirilgan koʻrsatkichlar yoki maʼlumotlar hamda soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boshqa axborotning haqqoniyligini tasdiqlash uchun bir ish kuni davomida oʻtkaziladi.

Kameral soliq tekshiruvi davomida quyidagilarni talab qilib olishga haqli:

  • soliq organi soliq toʻlovchidan soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda boshqa hisob hujjatlarini;
  • taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni;
  • soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotni.

Hujjatlar va tushuntirishlar soliq toʻlovchi tomonidan soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran 5 kun ichida taqdim etilishi kerak. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun soliq toʻlovchi tomonidan hujjatlar tasdiqlangan koʻchirma nusxa shaklida taqdim etiladi. Zarurat boʻlgan hollarda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli edi.

Endilikda kameral tekshiruv jarayonida soliq toʻlovchining hududiga kirish, soliq toʻlovchining hududini va binoalrini koʻzdan kechirish, soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish, soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish taʼqiqlanadigan boʻldi.

 

Soliq solish metodologiyasi departamenti

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил I чорагида Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг