Joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari va boshqa tegishli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tadbirkorlikka oid 7 ta normativ huquqiy hujjat loyihalari, jumladan:
▫️ “Kichik va o‘rta biznes faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi;
▫️ O‘zbekiston Respublikasining “Savdo to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi;
▫️ Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish kabi masalalar Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan muhokama qilindi.
Jamoatchilik kengashi a'zolari normativ hujjat loyihalarida tadbirkorlar uchun salbiy taʼsir ko‘rsatadigan bir qator bandlarni hujjat loyihasidan chiqarish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.