“Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-88-son, 27.02.2024-y.) qabul qiliindi.
Ushbu hujjat bilan
2027-yil 1-yanvarga qadar protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston hududiga olib kirishda QQSdan ozod qilish belgilandi.
Shunigndek, 2024-yil 1-mayga qadar Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrga qadar respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida taʼminlash tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash elektron tijorat orqali amalga oshiriladi;
elektron tijorat orqali protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga buyurtma bera olmaydigan muhtoj shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻmak berib boriladi;
vaucher asosida reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini oʻzining elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish istagini bildirgan elektron savdo maydonchasining operatorlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan jalb etiladi;
vaucher qiymati bilan sotib olingan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining narxi oʻrtasida hosil boʻlgan salbiy farq muhtoj shaxslarning oʻz hisobidan qoplanadi, ijobiy farq hosil boʻlganda esa muhtoj shaxslarga uning 20 foizini ragʻbatlantirish sifatida olish imkoniyati taqdim etiladi. Bunda, mazkur ragʻbatlantirish mablagʻlari jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati