Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.
Agar:
shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (340 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (306 000 soʻm).
Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.
YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati
Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
2023-yil uchun deklaratsiya asosida daromad solig‘ini toʻlashning oxirgi muddati 3-iyun*.
Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 340 000 so'm;
savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari – 170 000 so‘m;
faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 340 000 so‘m.
YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.
Ma'lumot uchun. O‘zbekistonda 1-may holatiga, 274 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.
*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.