O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”,“Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi mahalla raisi” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” respublika tanlovlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Xumoyun Eshboltayev faxrli 3-o‘rinni egalladi. Unga maxsus diplom va Prezident sovg‘asi – Spark avtomobili topshirildi.
Ushbu tanlov joylarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini baholash maqsadida tashkil etildi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish departamenti